Rossiya Qurolli Kuchlari 9-dekabr kuni Strategik Yadro Kuchlari (SAK)ni boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Barensev dengizi, Plesesk kosmodromi, shuningdek Tu-160 va Tu-95MS samolyotlaridan "Yars" va "Sineva" ballistik raketalari, yuqori aniqlikdagi uzoq masofaga uchuvchi X-101 i X-555 raketalari uchirildi.
Shimoliy flotning atom suv osti kemalari, strategik raketa kuchlari va strategik aviatsiya ekipajlari hisob-kitoblari muvaffaqiyatli kechdi - jangovar qo‘llanilish chizig‘idan minglab kilometr masofada joylashgan Kura (Kamchatka yarim oroli) va Pemboy (Komi respublikasi) poligonlaridagi nishonlar yo‘q qilindi.
Eslatib o‘taman, "Yars" - mintaqalararo ballistik raketa(MBR)larining maksimal uchish masofasi - 11 ming km, "Sineva" MBRniki - 8 300 km, havo bazasiga tayanadigan raketalar - X-101 – 5 500 km, X-555 – 2 500 km.
SAK mashg‘ulotlari texnologik sabablarga ko‘ra bo‘lib o‘tdi. Rossiya o‘zining qasos quroli ishonchliligini tekshirmoqda. Moskva voqealarning har qanday rivojiga tayyorlanmoqda, chunki Vashington qurollarni cheklash bo‘yicha xalqaro shartnomalarni birma-bir tark etmoqda.
Hatto Amerikaning The National Interest nashri ham RF chegaralari yaqinida Shimoliy Atlantika alyansining yuqori darajadagi harbiy faolligi xavfsizlik sohasida zaif tomonlarni vujudga keltirib, Moskvani yangi qurollarni ishlab chiqarishga undayotganini tan olgan. Keng miqyosli harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda, Rossiya strategik maqsadli yadroviy qo‘shinlari oddiy qurollarda NATO ustunligini assimetrik tarzda tezda o‘rnini to‘ldirish imkonini beradi. Turli quvvatdagi yadroviy zaradlar spektri dushman obyektlari va nishonlarini yo‘q qilish vazifalarini differensial yechish imkoniga ega.
Bunda RF Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni boshqaruv tizimi va "yadro jomadoni"ga tegishga hojat qolmaydi, keling, SAK va boyegolovka (jangovar kallaklar) tarkibiy qismlari qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.
Yadroviy triada
Yadroviy boyegolovkalar tashuvchilarini jangovar qo‘llash sohalar - havoda, dengizda va yerda taqsimlash - maksimal darajada maxfiylikni saqlash, texnologik ishonchlilik, jangovar yashovchanlik va qasos quroli samaradorligiga yetkazish imkonini beradi. Masalan, "Sineva" MBR butunlay yashirin va kutilmagan tarzda suv ostidan (Jahon okeanining istalgan nuqtasida) start oladi. Triadaning har bir komponenti strategik vazifani avtonom ravishda bajarishga qodir. Jangovar integrallashuv muammoning yechimini so‘zsiz va kafolati ta’minlaydi.
Mukammal yadroviy triada faqatgina AQSh va Rossiyada bor va shu ikkovi sayyorada yaratilgan boyegolovkalarning 90 foizidan ortig‘iga egalik qiladi. 9-dekabr kuni Amerikaning RC-135S razvedkachi-samolyoti Alyaskadagi aviabazadan havoga ko‘tarilib, orada yoqilg‘i quyib olgan holda Rossiya chegaralari yaqinidagi Bering dengizi ustida soatlab parvozni amalga oshirgani bejiz emas. Bu Rossiyada MBR uchirilishi, SAK ishga tushirilishi bo‘yicha telemetrik ma’lumotlarni to‘plash edi.
RFning yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosatiga mufofiq, quyidagi to‘rt shartga ko‘ra yadroviy javob zarbasi yo‘llanilishi mumkin: Rossiya va uning ittifoqchilari hududiga ballistik raketalarni uchirilgan, ommaviy qirg‘in qurollari bilan zarba berilgan, o‘ta muhim davlat yoki harbiy obyektlarga ta’sir ko‘rsatilgan, shuningdek, RF mavjudligiga tahdid soluvchi an’anaviy qurollar bilan tajovuz qilingan taqdirda.
RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi quyidagilarni aniqlashtirib o‘tadi: Moskva Rossiya hududiga berilgan har qanday raketa zarbasidan so‘ng yadro salohiyatini ishga soladi. Dushman qanday qurol bilan hujum qilayotganini aniqlashning imkoni yo‘qligi sababli, Rossiya Federatsiyasiga qarab uchiriladigan har qanday ballistik boyegolovka yadroviy, deya qabul qilinadi.
G‘arblik "sheriklar" bu haqda bilishadi, shunday bo‘lsa-da Arktika, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Tinch okeani mintaqalarida fitnaga yo‘g‘rilgan harbiy faollikni kamaytirgani yo‘q. Sal oldin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSh HHK samolyotlari RF bo‘ylab zarba berishlarni mashq qilishgani haqida xabar bergandi. Shu jumladan, amerikaning V-52 bombardimonchi-samolyotlari bilan Sankt-Peterburg va Kaliningradga xavfli darajada yaqinlashuv parvozlari ham mashq qilingan. Rossiyaning bunga reaksiyasi mantiqqa to‘g‘ri keladi.
RF strategik maqsadli yadroviy qo‘shinlari belgilangan grafikdan ertaroq yangi raketa majmualariga ega bo‘lmoqda. "Yars", "Sarmat", "Avangard" shular jumlasidan. Atom submarinalari, Strategik maqsadli raketa qo‘shinlari qismlari, bombardimonchi-raketa tashuvchilar – doimiy (tunu-kun)jangovar navbatchilik olib boradi, ular alohida nishon yoki yo‘nalishlarda (vaziyatga qarab) shu onning o‘zidayoq javob zarbasini berishga shay. Rossiya yadroviy triadasining barcha tarkibiy qismlari bir vaqtning o‘zida jalb etilgan mashg‘ulotlar muntazam bo‘lib turadi.
Zanjirli reaksiya
Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov SAK mashg‘ulotlari kuni shunday degandi: "Yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik va unda g‘alaba qozonishning iloji yo‘qligini to‘g‘ri va qarashlarning turli nuqtasidan o‘z vaqtida tasdiqlash juda muhim".
Avvalroq Rossiya "strateglari" tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar paytida "Rossiyaga ommaviy yadroviy raketa zarbasidan keyin"gi holat bo‘yicha mashqlar o‘tkazilgan edi. Ehtimoliy tajovuzkorga shartli javob shu qadar ishonchli ko‘rindiki, NATO keskin ravishda ohangini o‘zgartirdi va "noto‘g‘ri hisob-kitoblar va tushunmovchiliklardan saqlanishni" taklif qildi.
Orenburg yaqinida jangovar xizmat olib boruvchi "Avangard" gipertovushli bloklari (RF mudofaa qobiliyatining texnologik cho‘qqisi) dushman hududidagi nishonlarga muqarrar start olmoqda. Mintaqalararo ballistik raketa (UR-100N UTTX) bloki Yer bo‘ylab harakatlanib, hisoblangan vaqtda nishondan ming kilometr uzoqda atmosferaga kirishi mumkin.
So‘ngra soatiga 24 ming kilometr tezlikda oldindan aytib bo‘lmas trayektoriyada "Avangard" uchib keladi va dushman obyektini kafolatli yo‘q qiladi. Himoya yo‘q bundan.
Uchinchi avlod mintaqalararo ballistik raketasi RSM-54 "Sineva" atom strategik submarinalar qurollari safida turadi. Raketaning start vazni – 40 tonnaga yaqin va u har biri 100 kilotonnagacha bo‘lgan to‘rtta yoki o‘ntagacha individual yo‘lga solinuvchi jangovar bloklarni tashiydi. Maksimal parvoz masofasi – 11 500 kilometrgacha. Bu real tiyib turish xususiyatiga ega bo‘lgan dengiz qa’ridagi dahshatli va ko‘rinmas quroldir.
RF hududi ustidan yoki neytral suvlar uzra havo hududidan bombardimonchi-raketa tashuvchisi bortidan uchirilgan havo bazasida joylashuvchi X-101 strategik qanotli raketa 30 metrdan 10 km gacha bo‘lgan balandlikda soniyasiga 270 metrgacha bo‘lgan tezlikda 5500 km masofani bosib o‘tishga qodir va og‘irligi 430 kg gacha bo‘lgan boyegolovkani juda katta aniqlikda nishonga "yetkazib qo‘yadi".