Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?

Yagona Yevropa hech kimning ishonchini oqlamadi. Rossiya bundan buyon Parij va Berlin bilan alohida alohida gaplashadi.
Sputnik
So‘nggi bir necha kun davomida butun dunyo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlarini muhokama qilmoqda. Intervyulardan birida Lavrov Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni uzishgan tayyor ekanini bildirgan edi.
"Biz tayyormiz, agar oldin birn necha marotaba bo‘lganidek, iqtisodimizning turli sohalariga, jumladan  eng nozik sohalariga ham ta’sir qiluvchi sanksiyalar kiritilishida davom etaversa, Moskva Brussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi", - degan edi Rossiya TIV rahbari.
Tinchlik istasang - urushga tayyor bo‘l: Rossiya YeI bilan aloqalarni uzishga tayyor - Lavrov
Shu bilan birga Sergey Lavrov dunyo hamjamiyatidan ajralib qolishni istamasligini, lekin Rossiya bunga tayyor bo‘lish kerakligini ta’kidlagan edi. “Tinchlik istasang - urushga tayyor bo‘l", - degan edi o‘shanda TIV rahbari. 
Shok - bu bizga xos. Rossiyaning YeI bilan aloqalarni uzishga tayyorligi – bu xalqaro darajadagi yangilik. Yaqinda Finlandiya TIV rahbari Pekko Xaavisto bilan bo‘libo‘tgan suhbat chog‘ida Lavrov o‘z so‘zlariga aniqlik kiritdi.
“Biz muammolarni muhokama qilishga tayyormiz, agar ular Rossiya manfaatlariga doir bo‘lsa. Biz shuningdek iqlim o‘zgarishi masalalari borasida ham aloqa qilmoqdamiz, lekin ushbu munosabatlarning asosiy ustunlari yaqinda Brussel tashabbusi bilan ataylab buzib tashlandi”, - dedi Lavrov.   
YeIning tashqi ishlar bo‘yicha  yuqori vakili Jozep Borrel Moskvadan qaytganidan so‘ng bir qator salbiy bayonotlar bilan chiqqan edi. Xususan u Rossiya bizning ishonchimizni oqlamadi va zamonaviy demokratik davlatga aylana olmadi va Yevropadan ildam uzoqlashmoqda”, - dedi.
Aslida esa buning aksi sodir bo‘ldi: Brussel Rossiya bilan YeI orasida yillar davomida yaratilgan barcha hamkorlik mexanizmlarini birma-bir buzib tashladi. Ular orasida jumladan hamkorlik shartnomalari, yiliga 2 marotaba o‘tkaziladigan sammitlar, Rossiya hukumati va Yevrokomissiyaning yilik uchrashuvlari, 20 ta sektorlararo dialoglar va boshqalar bor edi.
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yo‘qotdi
Sergey Lavrov Rossiya va YeI munosabatlarini “hamma jazolaydigan yosh bola” bo‘lish Rossiyaning joniga tekkanini, Tango raqsini ikki kishi ijro etishi kerakligini va “suymaganga suykalma” kabi iboralar bilan izohladi.  Boshqacha qilib aytganda, Rossiya diplomatlari harchand urinishmasin YeI bilan munosabatlarni yaxshilashning iloji bo‘lmayotganini va har doim Rossiya “aybdor” bo‘lib qolayotganini afsus bilan ta’kidladi. Yaqinda Moskvaga kelgan Borrel ham uyiga qaytishi bilanoq, Rossiyani hamma gunohlarda ayblan sanoqsiz sanksiyalar kiritishni talab qoldi. Shunday ekan o‘zi nimaga kelgan edi degan o‘rinli savol tug‘iladi?
Xullas, bundan buyon Yevropa bilan bunaqa ohangda munosabatlarni davom ettirib bo‘lmasligi ayon bo‘ldi. YeI bundan buyon kelishish mumkin bo‘lgan hamkor sifatida qabul qilinmasligi rasman e’lon qilindi.
Rossiya esa Yevropa ittifoqi bilan tuzilgan shartnomalar Brussel tomonidan ularning bajarilishi kafolatlanmaganini yaxshi tushundi. Yevropalik amaldorlar biror nima haqida kelishgan bo‘lsa ham va ushbu kelishuv shartnomada aks etgan bo‘lsa-da, bu majburiyatlarning bajarilishini kafolatlamaydi.
Yevropalik burokratning so‘zi u yozilgan qog‘ozdan arzon turishi aniq bo‘ldi. Bunga Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014-yilning 21-fevralida “Ukrainada siyosiy inqirozni bartaraf etish” haqida imzolagan shartnomasi ham juda yaxshi misol bo‘la oladi. O‘shanda Yevropaning qator oliy martabali amaldorlari shartnoma bajarilishini kafolatlagan edi. Rossiya vakili esa ushbu hujjatni imzolamagan edi va u haq bo‘lib chiqdi. Chunki Yevropa Ittifoqi kafolatlari sariq chaqaga arizmas ekan: oradan ikki kun o‘tib inqilobchilar prezident saroyi va Radani egallab olishdi. Rada esa Ukraina Konstitutsiyasiga zid ravishda Yanukovichni hukumatdan chetlatdi. Prezident o‘z jonini saqlab qolish uchun mamlakatdan qochishga majbur bo‘ldi. Bularning hammasi Ukrainada tinchlik va qonuniylikni kafolatlagan Varshava, Berlin va Brussel ko‘z oldida sodir bo‘ldi. Buning uchun hech kim hatto  kechirim ham so‘ramadi. Hamma o‘zini xuddi hech narsa bo‘lmagandek tutdi. Axir buni siyosiy tovlamachilikdan boshqa nima deyish mumkin?
Yevropa Rossiya bilan aloqalarni boshi berk ko‘chaga olib kirdi. Ammo o‘zi ham bundan xursandmas
Rossiya Tashqi ishlar vaziri hozirgi zamonning eng yaxshi diplomatlaridan biri, buni ko‘p kuzatuvchilar qayd etgan. Lavrov iboralar tanlashni juda yaxshi biladi. Shu sababli uning har bir so‘zi juda muhim.  Masalan yevropa haqida aytgan nutqida u “Yevropa” emas “Yevropa Ittifoqi” terminidan foydalanishi ham bejiz emas. Bu Rossiya Yevropaning alohida mamlakatlari va ular ustida turgan YeI burokratlari orasidagi farqni juda yaxshi his qilishidan darak beradi. Ya’ni Rossiya Yevropaning alohida davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirishga tayyor va davom ettirmoqda ham, lekin butun Yevropa ustida “sun’iy qurilgan” YeI chinovniklar apparatini – ishonchsiz, nodo‘st va nomunosib deb hisoblaydi.
Borrel kabi YeI amaldorlari o‘z mamlakati manfaatlarini o‘ylamaydi. Ular faqat korporativ manfaatlar va Vashington xihishiga qarab ish tutadi. Shu sababli ham ular YeIning ayrim davlatlari manfaatlarig qarshi yo‘l tutmoqda. Aniqrog‘i – Yeropaning aksariyat davlatlariga qarshi. Rossiya bilan azaliy va mustahkam munosabatlarga ega bo‘lgan Fransiya, Germani va Italiya YeIning rusofob pozitsiyasi tufayli  juda ko‘p narsa yo‘qotmoqda. Ushbu davlat soliqlaridan maosh olayotgan Brusselda o‘tirgan amaldorlarini esa bu narsa qiziqtirmaydi.
Lavrovning so‘zlariga yana bir bor qaytsak, Rossiya bir qator umumevropa institutlari bilan o‘ziga zararli bo‘lgan aloqalarni chekladi xolos. Rossiya Yevropa munosabatlarida ularning o‘rni aravaning beshinchi g‘ildiragi kabi – ahamiyatsiz.
Yevropa "Sputnik V"ni tekshirib ko‘rdi. Germaniya foyda olishga hozirlanmoqda
Bir vaqtlar amerikalik diplomat Genri Kissendjer men Yevropa bilan gaplashishim uchun kimga qo‘ng‘iroq qilishim kerak, degan o‘zining mashhur savolini bergan edi. Ushbu gapning ma’nosi – Amerika uchun muhim bo‘lgan hech bir masala umumevropa darajasida hal bo‘lmasligini bildiradi. Shuning uchun alohida goh London, goh Parij va goh Berlin bilan gaplashishga to‘g‘ri keladi. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa hamki, geostrategik jihatdan vaziyat o‘zgarmagan. Barcha o‘zgarishlar kosmetik xususiyatga ega xolos. Aksariyat holda Berlin va Parij Yevropaning “sog‘in sigirlari” bo‘lmoqda.  
Shu vaqtda Rossiya ham Yevropa Ittifoqi institutidagi burokratlar bilan ish qilish – samarasiz va axmoqlik ekanini butun dunyoga baralla aytmoqda. Germaniya yoki Fransiya bilan alohida gaplashgan yaxshiroq. Har holda samaraliroq bo‘ladi: o‘zaro manfaatlar va ehtimoliy murosalar aniqroq bo‘ladi. Bundan buyon Rossiya ular bilan Brusselsiz gaplashadi. Axir yagona Yevropa hech kimning ishonchini oqlamadi.