TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Vladimir Putin nima uchun hali general unvoniga ega emas, degan savolga javob berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari "shubhasiz bu unvonni ko‘p marotaba qo‘lga kiritgan" (hozir Putin polkovnik), ammo hozirda bu ustuvor vazifa emas.
"U prezident bo‘lib ishlaydi <...> U doimiy xizmatdagi zobit emas", - dedi Kreml vakili.
Uning ta’kidlashicha, Putin asosiy e’tiborni mamlakatning kundalik faoliyati bilan bog‘liq masalalarga qaratmoqda.
Jurnalistning Putin nafaqada yoki zaxirami? degan savolga Peskov aniq javob berishga qiynaldi. "Menimcha, u zaxirada", - deb javob berdi matbuot kotibi.
Peskovning o‘zi esa katta leytenant unvoniga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.