Jo Bayden AQSh prezidenti etib saylanganidan beri rejalar kengayib bormoqda: yangi strategiyaga Ukraina, Qrim va Qora dengiz mintaqasini qo‘shishni istashmoqda. Yana bir muhim maqsad - Rossiya va Turkiyani urishtirib qo‘yish. RIA Novosti NATO kelgusi rejalarini o‘rganib chiqdi.
Kollektiv mudofaa
NATO qayerga qarab ketmoqda va qanday maqsadlarni ko‘zlamoqda - alyans mudofaa vazirlari 17-fevraldan bu savollarga javob izlaydi. Ular odatda mart oyiga rejalashtirilgan yillik sammitdan oldin uchrashadilar. Hamkasblar yakuniy kun tartibini kelishib oladilar va tashkilot bosh kotibiga tasdiqlash uchun taqdim etadilar. Tayyorgarlik asabiylangan: AQSh prezident administratsiyasi yangilanishi alyansda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini va’da qilmoqda.
Alyansda Amerika - avvalgidek transatlantik xavfsizlikning asosiy kafolati ekanligini yashirishmayapti. Shu o‘rinda ular Jo Bayden ham o‘z ittifoqchilarini qadrlaydi, deb umid qilishmoqda. Yana takrorlashmoqda: Donald Tramp davridagi kabi tashkilot ichidagi munosabatlarning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim.
Kuni kecha Portugaliya vaziri Joau Gomesh Kravinu ochiqchasiga aytdi: "Tramp prezidentligi - bu mafkuraviy eksperiment. Uning oqibatlari dunyoda AQSh va Amerika qudratining obro‘si uchun vayronkor".
NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishidan so‘ng darhol bo‘lib o‘tadigan Munxen xavfsizlik konferensiyasining raisi Volfgang Ischinger ham sukut saqlamadi. Baydendan alyans uchun nimani kutish kerakligi mavzusini muhokama qilar ekan, u quyidalarni ta’kidladi: "Yevropaliklarning o‘zlari uchun savolga javob berishlari muhim: agar to‘rt yil ichida amerikaliklar Trampning qarashlariga o‘xshash bo‘lgan prezidentni saylasalar-chi?"
Biroq, Vashington ittifoqchilarning hadiksirashini anglab yetmoqda. Pentagonning yangi rahbari general Lloyd Ostin esa ularni tinchlantirishga harakat qilmoqda. "Amerika ittifoq qadriyatlariga sodiq qolmoqda", - deydi u.
Germaniya va Fransiya uchun maxsus - asosiy skeptiklar - Bayden administratsiyasi AQSh prezidenti va alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan muzokara aks etgan videoni e’lon qildi. "Kollektiv mudofaaga sodiqlik Vashington uchun muqaddasdir", - dedi Bayden suhbat davomida.
Yangi prezident, eski talablar
Ittifoqchilar bilan munosabatdagi ohang o‘zgarishi AQSh Trampning asosiy talabidan chekinishini anglatmaydi: alyans a’zolari mudofaa xarajatlarini YaIMning ikki foizigacha oshirishiga to‘g‘ri keladi. Mudofaa rahbarlarining yig‘ilishida bu muhim mavzulardan biri hisoblanadi.
Germaniya, Italiya va Ispaniya hech ham plankaga yetib borishmadi. 2024-yilgacha buning uddasidan chiqishmasa kerak. Biroq, AQSh yangi administratsiyasi bunga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lmoqda. "Vashington 2031-yilga kelib bu davlatlar maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishini kutmoqda", - dedi Pentagon vakili Jon Kirbi.
Stoltenberg ham mudofaa xarajatlari ko‘payishiga umid qilmoqda. Istisno qilmoqchi emas: "Bu alyansning barcha davlatlari, shu jumladan yaqinda qo‘shilgan Shimoliy Makedoniya uchun majburiy. Hech qanday o‘tish davri bo‘lmaydi".
Pentagon vaziyatni yumshatish, Bayden va Trampning kollektiv xavfsizlik bo‘yicha qarashlarda farqli tomonlarni topishga harakat qildi. AQSh yangi prezidenti, AQSh harbiylari fikriga ko‘ra, bu tushunchani boshqacha talqin qiladi: Bayden uchun bu nafaqat harbiy xarajatlar, balki tibbiyot va yangi pandemiyalarning oldini olish uchun sarflanadigan mablag‘larni anglatadi.
Pentagonga ko‘ra, demokratning ittifoqchilarga sodiqligini yana bir tasdig‘i, Germaniyadan kontingent chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror. Garchi Berlin buni boshqacha baholamoqda. Germaniya hukumati: mamlakatda Amerika bazalarini saqlab qolish - nafaqat Yevropani, balki Amerikani ham Rossiya, Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelayotgan tahdidlardan himoya qilish, degan fikrda qattiq turib ma’qullamoqda.
Turkiyani qaytarish
Mudofaa idoralari rahbarlari yig‘ilishda alyans tahlilchilari tomonidan 2020-yil oxirida tayyorlangan "NATO - 2030" hisobotini muhokama qiladilar. Bu tadqiqot asosida ular kelgusi yillar uchun strategiya ishlab chiqishga kirishadilar.
"Yangi xalqaro vaziyatga moslashish muhim. Inqirozlarda NATO tezkorlik va uyushqoqlik bilan harakat qilishi kerak, hatto asosiy tamoyillarni buzishga olib kelsa ham", deyilgan hujjatda.
Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, Xitoy va Rossiya tomonidan jiddiy tahdid kelmoqda. Ammo boshqa mintaqalarga ham katta e’tibor qaratilgan. Alyans a’zolari Amerika harbiylarini Afg‘onistondan chiqarilishi bilan shoshilmaslikka, diqqatni Suriya va Iroqqa qaratishga undamoqda.
Qora dengiz mintaqasi yangi strategiyada alohida qayd etilganligi ham diqqatga sazovor. Obyektivda - Turkiya, Ukraina, Gruziya. NATO a’zolari: bu davlatlardagi xavfsizlik Yevropa va Amerikadagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi, deb ishonishmoqda.
Hujjat mualliflari ta’kidlashicha, NATO maqsadi - Anqarani transatlantik orbitaga qaytarish. Aloqalarni mustahkamlash yo‘lida birinchi qadamlarni AQSh yangi davlat kotibi Entoni Blinken qo‘ydi: shu kunlarda u Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib, G‘arb-Anqara munosabatlaridagi muammolarni muhokama qildi.
Ammo ishonchli suhbat amalga oshmadi. Birinchi navbatda Blinken Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimidan voz kechishni talab qildi.
NATO kun tartibida Qrim
Alyans mudofaa vazirlari Kiyevning Qrim yaqinidagi havo maydonidan foydalanish bo‘yicha so‘nggi taklifini muhokama qiladilar. Simferopolning parvoz ma’lumot zonasiga kirishni alyansga o‘tkazish tashabbusi haqida gap ketmoqda - bu Ukrainaning tasnifiga ko‘ra, Xerson viloyatiga tegishli bo‘lgan aeronavigatsiya zonasi.
"Biz havo hududining bu qismidan NATO operatsiyalarida qo‘shin, texnika va yuklarni tashish uchun foydalanishni taklif qilamiz. Rossiya bilan chegara bo‘ylab vaziyatni monitoring qilishda alyans qo‘llab-quvvatloviga umid qilamiz", - deb tushuntirdi Ukraina infratuzilma vaziri Vladislav Krikliy.
Qrim Rossiyaga qo‘shilgandan keyin, Qora dengiz ustidan parvozlarni boshqaruvi bo‘linib ketdi. Simferopolda Rossiya dispetcherlari yarim orol bo‘ylab harakatlanishni nazorat qiladilar, dengiz ustida xalqaro trassalar esa avvalgidek Odessa va Dnepr dispetcherlarining qo‘lida.
Qrimning Rossiyaga kirishini tan olmaydigan davlatlar ukrainalik dispetcherlar xizmatidan foydalanadilar. Ammo ularning samolyotlari bevosita Qrim hududi bo‘ylab uchib o‘tolmaydi. Biroq yarimorol atrofida va Qora dengizga qo‘shni suvlar ustida ular erkin uchishadi.
Qrimda bu tashabbusga allaqachon munosabat bildirildi. "NATOning hech qaysi samolyoti yarimorol ustidan uchib o‘tmaydi", - dedi Qrimdan Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet.
Notinch Kavkaz
"Qora dengiz muammosi NATO kun tartibida Ukraina bilan bog‘liq emas, balki Rossiyaning Kavkazda ta’siri kuchayib borayotgani sababli paydo bo‘ldi. Rossiya tinchlikparvar kuchlarining Tog‘li Qorabog‘ hududiga kirishi alyansni tashvishga soldi. Ular Moskvaning u yerga kelishini bevosita chaqiriq sifatida ko‘rishmoqda", - deydi RSMD bosh direktori Andrey Kortunov.
Qora dengiz mavzusini ko‘tarish - Ukraina o‘zi haqida yana bir bor eslatish uchun imkoniyatdir. Shu bilan birga, ekspertning prognozlariga ko‘ra, Kiyev hukumati Rossiyaning Qrimdagi harbiy tarkibini ko‘paytirishni o‘zlarining xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida qarashda davom etadi.
"Ukraina anchadan beri yarim orolda olib borilayotgan qurilishlar haqida bong urmoqda. Bu yerda go‘yoki tinch emas, balki harbiy obyektlar paydo bo‘lishi haqida gap boradi. Shunga ko‘ra, bu “Rossiya tahdidi" sifatida ko‘rsatilmoqda, - deydi Kortunov.
A’zolik imtiyozlari
Qrim muammosi - muhim, ammo Qora dengizda NATOni kuchaytirishning yagona maqsadi emas, deb hisoblaydi Anqaradagi Siyosiy tadqiqotlar markazi eksperti Orxan Gafarli.
"Turkiyani qaytarish uchun alyans o‘zini Qora dengizda mustahkamlashi kerak. Hozir NATO va Anqara ko‘plab masalalar bo‘yicha rozi emas. Ammo ikkala tomon ham - hamkorlik qilish kerakligini tushunmoqda".
Turkiya jamiyatida ham NATOga a’zolikni saqlab qolish talabi bor, deydi Gafarli. "Bu ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Alyansiz Erdog‘anga Liviya yoki Suriyadagi mojarolarga aralashishni asoslantirish qiyinroq", - deydi siyosatshunos.
U yana bir afzallikni NATO Turkiya va YeI mamlakatlariga o‘zaro qarama-qarshiliklarni yumshatishiga imkon berishida ko‘radi. Shu bilan birga, Anqaraga Gretsiya, Kipr yoki Fransiyaning harakatlariga to‘sqinlik qilishga yordam beradi, agar ularda tagma’nosida turklarga qarshilik bo‘lsa.
Alyansning nisbatan yangi maqsadi - Turkiya va Rossiya yaqinlashuvini qisqartirish. Ammo ikki davlatni ko‘p narsa bir-biriga bog‘laydi, shuning uchun ekspert bu bajarilishi mumkin bo‘lmagan ish, deb shubha qilmoqda.