Erdog‘an NATO Turkiyani terrorchilar bilan yakkama-yakka qoldirganini ma’lum qildi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti NATOni alyans mamlakatga terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an NATOni alyans mamlakatga terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.
Prezident Tursii Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
“Turkiya xulq-atvorini o‘zgartirish”: G‘arb nima uchun Erdog‘anni jazolamoqda
“YeI va NATO xavfsizligi bizning sharqiy chegaralarimizda boshlanadi. Biz NATO doirasida terrorizmga qarshi kurash hamkorligidan hech qachon voz kechmaganmiz. Nega NATO mamlakatlari bizni terrorizm bilan kurashda yolg‘iz qoldirmoqda? Kim, Turkiyadan tashqari, “Islom davlati”* bilan kurashmoqda”, - dedi Erdog‘an Anqaradagi chiqishi vaqtida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, u AQShni Turkiyada terrorchilik tashkiloti hisoblangan Suriya kurdlari kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishda aybladi.
“Minglab qurol-yarog‘ ortilgan yuk mashinalari, transport vositalari terrorchilik guruhlariga jo‘natilgan. Ular esa bulardan foydalanib, bizga qarshi urush boshladi. Biz NATOga a’zo mamlakat sifatida kurashdik, kurashapmiz va kurashamiz”, - dedi Turkiya yetakchisi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0