Rus “ovchisi” - AQSh va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda

Sayyoramizning og‘ir razvedka-zarba pilotsiz uchar qurilmalarining shartli Olimpida Rossiyaning "Oxotnik" droni uchish va jangovar xarakteristikalari bo‘yicha raqiblaridan ustun turadi va yaqin yillarda ular bilan armiya qurollanadi.
Sputnik
Chkalov nomidagi Novosibirsk aviatsiya zavodi (NAZ) S-70 "Oxotnik" og‘ir hujum dronining yana 3ta namunasini yaratmoqda. Mashinalar doimiy ravishda takomillashtirilmoqda va 2022-2023 yillarda parvoz sinovlariga qo‘yish rejalashtirilgan. Birinchi dronning barcha sinovlarini hisobga olgan holda ikkinchi "Ovchi"ga jiddiy o‘zgarishlar kiritildi (parvoz sinovlari 2019-yil avgustda boshlandi).
Qurilma tuzilishi, elektron uskunalar tizimlari va dvigatelda qo‘shimcha ishlar yakunlanmoqda. Rossiyaning mudofaa-sanoat majmuasidagi RIA Novosti manbasiga ko‘ra, uchinchi va to‘rtinchi pilotsiz uchar qurilmalar seriya versiyasiga mos keladi.
Rus "Armata"si "zagranpasport"li bo‘ldi: u endi qayerga yo‘l oladi?
Yanvar oyi boshida Ashuluk poligonidagi parvoz sinovlari paytida birinchi "Ovchi" 500 kg bombalar bilan quruqlikdagi nishonlarni muvaffaqiyatli yakson qildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, eng yangi ko‘rish va navigatsiya tizimi yuqori aniqlikda boshqariladigan qurollarning samaradorligi bilan erkin tushadigan (fuzelyaj ichki qismidan) o‘q-dorilarni ishlatishga imkon beradi.
"Ovchi" ilgari ma’lum bo‘lgan koordinatalari, bilan yer usti qo‘chmas va cheklangan harakatlanuvchi nishonlarni yakson qilishga qodir, tashqi tuzatishlar yordamida (havoda nishonni belgilash) bundan ham aniqroq zarba berish mumkin. Fuzelyaj ichida boshqariladigan "havo-havo" va "havo-yer" raketalari Rossiyaning og‘ir droni uchun maxsus ishlab chiqilmoqda.
Bortida katta qurol-yarog‘ arsenaliga ega bo‘lgan yashirin "Ovchi"ning jangovar vazifasi - uzoq masofaga razvedka parvozlari va dushman mudofaasi (hududi) qa’riga yuqori aniqlikdagi zarbalar berish. Dunyoda uning analogi yo‘q.
Qora dengizga yana AQSh esminetsi kirib keldi: buyog‘i nima bo‘ladi
Oldinroq Amerikaning Forbes jurnali xabar bergan edi: AQSh HHKning MQ-9 Reaper VVS "ishchi otidan" farqli o‘laroq, Rossiya razvedka-zarba droni isonchilarga qarshi kurash uchun emas (PVO vositalarisiz), balki keng ko‘lamli harbiy harakatlar uchun mo‘ljallangan. U taxminan 5 ming km masofaga razvedka vositalari va 6 tonnadan ortiq bomba yoki "havo-yer" va "havo-havo" raketalarini olib borishi mumkin. “Ovchi” turli xil qurol-yarog‘ va xilma-xilligi jihatidan misli ko‘rilmagan qobiliyatlarga ega.

Xorijiy dronlar bilan solishtirish

21-asrning boshlarida Isroil va AQSh harbiy uchuvchisiz moda va texnologiyalarning yetakchilari hisoblanar edi. Yaqinda Turkiya ularni quvib o‘tishga urindi, Qorabog‘ mojarosi paytida Bayraktar TV2 qilgan samarali harakatlari buni tasdiqlaydi.
Rossiya nisbatan yaqinda Havo-kosmik kuchlar manfaatlari uchun pilotsiz uchar qurilmalarni ishlab chiqa boshladi - va juda ishonchli. Birinchi muvaffaqiyatli loyiha - 2020-yilda foydalanishga topshirilgan “Orion-3” razvedka-zarba droni bo‘ldi (qanot oralig‘i - 8 m, parvoz og‘irligi - 1 tonna, foydali yuk - 250 kggacha, tezligi - 120 km/soat, havoda vaqt - 24 soat).
"Burevestnik" – yadroviy dvigatelli revolyutsion raketa
S-70 “Oxotnik” haqiqiy texnologik yutuq bo‘ldi. Taqqoslash uchun eng og‘ir razvedka-zarba pilotsiz uchar qurilmalar sinfida zamonaviy xorijiy vositalari - Isroilning IAI Eitan, Turkiya Bayraktar Akinci, Amerikaning MQ-9A Reaper bilan bir qatorda turish kerak. Asosiy xususiyatlarga ko‘ra - diapazon, tezlik va zarba qobiliyatlari bo‘yicha raqobatchilardan yuqori.
Eng kichik qanot oralig‘iga (19 m) ega bo‘lishiga qaramasdan "Ovchi" ichki qismlarida og‘irligi 6 tonnagacha bo‘lgan arsenalni olib yurishga qodir. Yuk ko‘tarish qobiliyati jihatidan eng yaqin bo‘lgan IAI Eitan atigi 2 tonna o‘q-dorilarni ko‘tara oladi. Binobarin, Rossiyaning bitta "Ovchi"si jangovar sharoitda Isroil, AQSh yoki Turkiyada ishlab chiqarilgan kamida 3ta mashinani almashtiradi.
"Ovchi"ning tezligi - 1000 km/soat – bu uning eng yaqin raqibi MQ-9A Reaper (480 km/soat) ning maksimal imkoniyatlaridan 2 baravar yuqori. Shu bilan birga, drondan beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi bilan birga qo‘llash rejalashtirilmoqda, uning tezligi (2100 km/soat) dron tezligi 1000 km/soat “Ovchi” uchun chegara emas. Ehtimol, uning tezligi 2000 km.

Yuqori chegaradan ustun

Rossiya droni xorijiy analoglariga qaraganda ancha og‘irroq, turboreaktiv (turboparrak emas) dvigatel bilan jihozlangan, sun’iy intellekt va "uchar qanot" shakliga ega. Umuman olganda, u fantastika filmidagi o‘zga sayyoraliklar kosmik kemasiga o‘xshaydi va bu Rossiya texnologik jihatdan oldinlab ketganligini ko‘rsatadi.
Og‘ir razvedka-zarba ko‘rinmas dronlarni yaratishga qodir bo‘lgan mamlakatlar ko‘p emas. "Ovchi"ning har bir sezilarli harakati xorijda sinchkovlik bilan tahlil qilinadi, shunga qaramay, g‘arbiy "sheriklar” bunday texnik xususiyatlarga erishishda qiyinchiliklar seziladi.
Amerikaning “Donald Kuk” kemasi Qora dengizda “yo‘q qilindi”
Masalan, xuddi shunday amerikalik og‘ir dron X-47B (Northrop Grumman) loyihasi joydan jilmay aylanmoq, garchi birinchi parvoz 2011-yilda “Suxoy” “Oxotnik”ni ishlab chiqara boshlaganida amalga oshirilgan. Pentagon 2013-yilda UCLASS harbiy-dengiz kuchlari uchun pilotsiz uchar qurilmalarni moslashtirish bo‘yicha ko‘p xarajatli dasturni ishga tushirdi.
2020 yilga qadar mashinani yaratish rejalashtirilgan edi, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra, AQSh HDK mutaxassislari  hujum dronining samaradorligi va xavfsizligiga shubha qilishdi. Shuning uchun UCLASS dasturiga asosan hujum dronining holati asta-sekin razvedka, so‘ngra uchar yoqilg‘i qo‘yish qurilmasigacha tushirildi.
Boshqa tomondan, AQSh HHK nisbatan kichik bo‘lgan XQ-28 Valkyrie dronini (yuk ko‘tarish 450 kg, “stels” emas) zarba beruvchi dron sifatida moslashtirishga urindi, ammo bu umuman boshqacha holat.
“Ovchi" zarba aviatsiyaning strategiya va taktikasini qayta yozib chiqishga undashi mumkin. Biroq, Yevroosiyo qit’asida Rossiya Federatsiyasining Havo-kosmik kuchlari birinchi navbatda mudofaa vazifalarini hal qilishadi. Zarba beradigan aviatsiyaning imkoniyatlari Rossiya chegaralari perimetri bo‘ylab joylashgan havo hujumiga qarshi mudofaa va raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan to‘ldiriladi. "Ovchilar! jangovar safda o‘rnini egallaganida (2025 yilda), dunyo yanada tinchroq bo‘ladi.