Kiritilishi rejalashtirilayotgan cheklovlar so‘nggi bir necha yillar davomida allaqachon odatiyga aylangan - shu bilan birga o‘zining o‘ta past samaradorligini isbotlagan - personal va korporativ sanksiyalarga nisbatan kengroq va keskinroq bo‘lishi kutilmoqda.
Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar tarixdagi eng murakkab inqirozni boshdan kechirmoqda. Ekspertlar hozirgi holatni 2010-yilning o‘rtalaridagi holatdan ham yomonroq, deya baholashmoqda. Aytishlaricha, bundan yomoni bo‘lishi mumkin emas.
Yevrodiplomatiya rahbari Jozep Borrelning o‘tgan hafta oxirida Moskvaga uyushtirilgan tashrifi G‘arbda o‘taketgan muvaffaqiyatsizlik deya tan olindi. Yevropa OAVlari u Sergey Lavrov oldida qanchalar ayanchli ko‘ringanini, va jurnalistlar fikriga ko‘ra, Rossiya rahbariyati Yevropani va uning vakilini haqorat qilish uchun qo‘ldan kelgan harakatni qilishgani haqidagi gaplarni hali-hamon ezg‘ilab yozishda davom etishmoqda.
Yevropaliklar tomonidan qoldirilayotgan izohlarda sarosimani ilg‘ash mumkin va buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Moskva chindan ham o‘zni tutishning odatiy modelidan voz kechdi - va shu vaqtgacha g‘arblik sheriklar tomonidan yulib olingan rolni tortib oldi.
2014 yildan tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar bitta sxema asosida qurilgan: G‘arb Rossiyani dahshatli gunohlarda ayblagan - Rossiya bosiqlikni saqlagan holda hujumlarga qarshilik ko‘rsatgan; so‘ngra Moskvaga qarshi "jazo" tariqasida navbatdagi sanksiyalar kiritgan - bunga javoban simmetrik va asimmetrik choralar ko‘rilgan. AQSh va YeI shu tariqa konfrontatsiya richagini nazorat qilib borib, undan o‘zlari uchun kerakli vaqtda Rossiyaga qarshi qo‘llaganlar, Moskva esa bu konstruksiyada faqatgina chaqiriqlarga munosabat bildirib kelgan, xolos.
Tabiiyki, ishlarning bunday holatini Moskvaning ojizligi sifatida qabul qilganlar yetarlicha edi. Ana shundaylarga ko‘ra, Moskva G‘arb bilan munosabatlarga tobe, shu bois, o‘ziga nisbatan bepisandlarcha munosabatlarga haqiqiy keskin javob qaytarish o‘rniga bundayin kamsitishlarga chidashga majbur edi.
Bu safar ham hammasi odatiy ssenariy bo‘yicha boshlangan edi — Yevropa rossiyalik blogerning jangovar zaharli modda bilan zaharlangani haqidagi g‘aroyib hikoyani ishga solgandi. "Kremlning oldingi jinoyatlari" o‘z salohiyatini yo‘qotgani va oldinda qarama-qarshiliklar kalavasi kutayotgani darhol ayon bo‘lgan edi.
Ammo, ochig‘ini aytganda, bir vaqtning o‘zida Rossiya yuz bergan voqeaga noodatiy tarzda keskin javob qilgani uchun voqealar yangicha ssenariy bo‘yicha borishi mumkinligiga shama qilingandi. O‘tgan oylar davomida TIVning tekshirilgan formulirovkalari ochiqchasiga Moskva yevropa fitnasidan qattiq darg‘azab ekanligini anglatar edi. Ammo chegaraning u tomonidagilar diplomatik tilning nozik jihatlari haqida unutib qo‘yishganmi, yoki Moskva ohangi o‘z ortidan hech narsa olib kelmaydigan shunchaki puch so‘zlar, deya qabul qilindimi, ishqilib, Rossiya tomonining tashabbusni o‘z qo‘liga olgani va Rossiyaning o‘zi endilikda ziddiyatga borishga tayyorligi g‘arbliklar uchun katta surpriz bo‘ldi.
Borrell Moskvadagi mag‘lubiyatidan tashqari, mamlakat rahbarlarining keskin ohangini eshitgani kamlik qilgandek, Rossiyadan uch nafar yevropalik diplomatlarning chiqarib yuborilayotgani haqidagi xabarni o‘zi bilan olib ketdi. Va bu xabar kunduz kuni chaqnagan chaqmoqdek ta’sir ko‘rsatgan edi. Natijada, Yevropa yo‘l-yo‘lakay butun boshli harakatlar strategiyasini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi - hozir ko‘rinib turibdiki, uning bu harakatlari ko‘pam muvaffaqiyatli bo‘lgan emas.
Shu tariqa, Moskvaga javob tariqasida rus diplomatlarining chiqarib yuborilishi ham unchalik samara bergan emas, sababi, bu o‘zganing tashabbusiga reaksiya hisoblanib, u ayni vaqtda shu vaqtgacha Rossiya gardaniga yuklab kelgan rolni ijro qilmoqda, xolos.
G‘arb tomonidan ilgari surilayotgan "noto‘g‘ri rejimlar"ni sanksiyalar, son-sanoqsiz notatsiyalar o‘qish va boshqa metodlar, shu jumladan, gumanitar bombardimonlar yordamida ham "tarbiyalash" mavzusi si" oddiy farazga asoslangan: biz - ancha taraqqiy etgan, farovon va omadli bo‘lganimiz uchun boshqalarga aql o‘rgatishga haqlimiz; bizning taraqqiy etishimiz boisi esa bizda demokratiya, inson huquqlari va so‘z erkinligi hukm surgani tufaylidir.
Ushbu ta’kidning ikkinchi qismi ochiqchasiga yolg‘on bo‘lib, birinchisiga shubha bildirish, darhaqiqat, ancha qiyin. Bu esa, tabiiyki, xalqaro hamkorlikning o‘ziga xos jihatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunda Yevropa va AQSh deyarli hamisha ancha ustunlikka ega va kontragentlarga bosim o‘tkazish uchun ham imkoniyatlar ularda ko‘proqdir.
Ammo ayni vaqtda Yevropa o‘ta zaif holatda turibdi, buni natijasida Rossiyaga qarshi qaratilgan kampaniyaning yangi bosqichi kutilmaganda uning o‘zi uchun ochiqchasiga nomaqbul bir holatga aylandi.
Hozirda butun dunyo uchun shu narsa ayonki, YeIga Rossiyadan ikkita narsa nihoyatda zarur: "Shimoliy oqim - 2" va "Sputnik V".
Mamlakatdan vaksina ishlab chiqarish kabi eng yuqori kompetensiyani talab qiladigan bunday murakkab sohada, nodemokratik rejim demokratiya mash’alasiga qaraganda ilmiy va texnologik jihatdan ancha rivojlangan bo‘lib chiqqani haqidagi masalani qavsdan tashqarida qoldirish mumkin.
Bu yerda eng muhimi - Moskva emas, balki Yevropa Moskvaga tobeligi oydinlashdi va bu hammaga oshkor bo‘ldi, shu bois ham g‘arb bundan nihoyatda g‘azabga tushgan. Shu bilan birga Rossiya uchun — ikkala loyiha bo‘yicha ham YeI bilan hamkorlik qanchalik muhim bo‘lmasin, — bu hamkorlik hayotiy muhim ahamiyat kasb etmaydi: gazni ham yo‘naltirish mumkin bo‘lgan joylar topiladi, "Sputnik V" ga ham o‘zga xaridorlar yetarlicha.
Natijada, Brussel boshqa g‘arbiy yevropalik poytaxtlar bilan (birinchi galda, albatta, Berlin bilan) juda murakkab boshqotirmani yechishga majbur.
Bir tomondan - Rossiyadagi ichki vaziyatni davlatga qarshi bo‘lgan muxolifatdan foydalangan holda beqarorlashtirishda davom ettirish zarur - axir boshlab qo‘yildi, qolaversa, NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar ham bosim o‘tkazmoqda. Boshqa tomondan, Moskvadagi hozirgi demarshlardan so‘ng ancha jabrlangan yuzni qanday bo‘lsa ham saqlab qolmoq kerak - bu esa ruslar uchun haqiqatda juda ham qattiq ta’sirga ega bo‘lgan choralarni qabul qilish zaruratini anglatadi.
Uchinchi tomondan, o‘tkazib yubormaslik muhim, chunki gazquvuri qurilishini yo‘qqa chiqarib qo‘ymaslik, "Sputnik V" bo‘yicha hamkorlikni uzib qo‘ymaslik muhim — bu yerda Vashington o‘ta jiddiy manfaatni ko‘zlamoqda, va Kreml sabri ko‘rinib turibdiki, poyoniga yetmoqda.
Uzoq yillar davomida soyada va AQSh ga tobelikda bo‘lib kelgan Yevropaning mustaqil geosiyosiy o‘yinga bo‘lgan istaklarini tushunsa bo‘ladi. Faqat u teng huquqlar asosidagi o‘yin va stavkalarning keskin ko‘tarilishiga tayyor emasligi ayon bo‘lib qoldi - va endi uning o‘zining kelajagi jiddiy xavf ostida qoldi.