"Uydagidek" tarifi: YeOII hududida 2025-yilga kelib rouming yo‘q bo‘ladi — ekspert

Ammo, ekspert Arman Shakkaliyev fikricha, operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, chunki davlatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq mavjud
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston uchun "Uydagidek" yagona uyali tarifi YeOII hududida bir necha yil davomida ishlay boshlaydi, deb yozmoqda Sputnik Blijnee zarubejye Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining ravobat masalalari bo‘yicha vaziri Arman Shakkaliyevning "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusiga tayangan holda.
Rossiya YeOII migrantlarining identifikatsiya tizimini takomillashtiradi
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchi-mamlakatlar hududida rouming uchun to‘lov bosqichma-bosqich kamayib boraveradi.
"Aloqa uchun roumingda xizmatlar narxi bora-bora tasdiqlangan grafik asosida kamayib boraveradi", - dedi Shakkaliyev.
Ammo, vazir so‘zlariga ko‘ra, davlatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq tufayli operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, masalan, Rossiyada 146 mln aholi yashasa, Armanistonda — 3 mln. Bundan tashqari, YeOII mamlakatlarida shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha milliy qonunchiliklarda farq bor, shuningdek, mobil aloqada ham texnologik jihatdan farqlar mavjud.
2025 yilda YeOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin
Shu munosabat bilan, Shakkaliyev fikricha, umumiy adolatli yechimni topish muhim ahamiyatga ega.
"Qirg‘iziston fuqarosi Rossiyada ishlab va yashab turib, uydagidek tarifidan muntazam foydalana olmaydi. Biz bir oylik vaqtinchalik cheklov o‘rnatamiz. Agar muddat bundan cho‘zilsa - Rossiya sim-kartasini ol, bu mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi", - deya tushuntiradi vazir.
Ekspertning aniqlik kiritishicha, YeOII hududida roumingni bekor qilish bo‘yicha rejani 2025-yilga kelib hayotga tatbiq etish belgilangan.