Amerikaning “Donald Kuk” kemasi Qora dengizda “yo‘q qilindi”

Rossiya harbiy dengiz flotini kuchaytirish -  Amerika "yakkahokimlik" illyuziyasini cheklash va ko‘pqirrali dunyoni saqlab qolish uchun kerakdir.
Sputnik
Ehtimoliy dushman Rossiya dengiz chegarasi yaqinida paydo bo‘lganda, u tezkorlik bilan “kutib olinadi” va kemalar, qirg‘oq mudofaa tizimi yoki aviatsiya yordamida yo‘q qilinadi. Ba’zan ushbu tizimlarning barchasi birgalikda harakat qiladi va buni ko‘p variantli jangovar o‘quv mashg‘uloti deyiladi.
Antonov: Rossiyani jilovlab turish - AQSh siyosatining “alfa va omega”si hisoblanadi
Amerikaning “Donald Kuk” nomli esminetsi 23-yanvar kuni Qora dengizga kirib keldi va Rossiya HDFning odatiy “nishoni”ga aylandi. Milliy Mudofaa markazida “Qora dengiz kuchlari va vositalari kuzatuvga kirishdi” deb qisqa xabar qilishdi. Shu kunning o‘zida Rossiya havo kosmik kuchlarining oltita jangovar samolyotilari, Qrim yarim oroli qirg‘og‘idan 300 km masofada amerika esminsi bo‘ylab “zarba” berdi. Ushbu  vazifani bajarish uchun ikkitadan Su-30 va Su-27 hamda ikkita Su-24 bombardimonchi samolyotlar osmonga ko‘tarildi. Ular navbatma-navbat dengizdagi “nishonga” zarba berish masofasiga yaqinlashib raketa va bomba bilan zarba berish harakatlarini mashq qilishdi.
Bu Amerika kemasining Rossiya dengiz chegarasi yaqinidagi destruktiv hatti-harakatlariga nisbatan adekvat reaksiya bo‘ldi. Bundan ikki oy oldin “Tomogavk” raketalari bilan jihozlangan “Jon Makkeyin” esminetsi ham Uzoq Sharq hududidagi Potr Velikiy bo‘g‘ozida Rossiya chegarasini buzgan edi. “Admiral Vinogradov” kemasi unga taran bilan po‘pisa qilib neytral hududga haydab chiqargan edi.
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSh dengiz flotining 10-yillik rejasi
O‘shanda AQSh HDF qo‘mondonligi dengizning ushbu qismini Rossiyaga tegishli emas deb hisoblashini va bu yerda Amerika kemalari harakat qilishi mumkinligini da’vo qilgan edi. Ana shunday provokatsiyalar Qrim yarim oroli hududida ham yuz berish ehtimoli katta. Shu sababli 23-yanvar kuni Rossiya “Donald Kuk”ka qat’iy harakatlar qilishga tayyor ekanini darhol ko‘rsatdi va Rossiya suvlarida amerika flotining erkin harakatlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi afsonani barbod qildi.
Undan tashqari Qora Dengiz floti qo‘mondonligi, mojaroli vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha rejali jangovar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi sababli, Qora dengizning shimoliy qirg‘og‘ida bir necha ming kvadrat metr maydonni suzish vositalari harakatlanishi uchun yopib qo‘ydi.  

“Sho‘ng‘uvchi bombardimonchi”  taktikasi

EM “Donald Kuk” o‘z bortida 60ta qanotli “Tomogavk” raketalari olib yurishi mumkin. Ushbu raketalar 1600 km masofagacha zarba berishi va yadrovoy jangovar boshga ega bo‘lishi mumkin. Undan tashqari kemalarga qarshi ASROC raketalari,  “Standart” zenit raketalari, “Idjis” raketa-himoya tizimi hamda jangovar boshqaruv tizimi mavjud. Bu “Donald Kuk” AQShning NATO bilan hamkorligini tasdiqlaydi. Eslatib o‘tamiz 36-yil davomida “Idjis” raketa himoya tizimining yagona jangovar o‘ljasi – urib tushirilgan  IranAir kompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bo‘ldi.  “Idjis” uni F-14 qiruvchi samolyoti deb noto‘g‘ri aniqlagan.
Rossiya qiruvchilari Qora dengiz ustida AQSh razvedka samolyotlarini to‘xtatib qolishdi
Esminesning qirg‘oqdagi nishonlarga zarba berish imkoniyati juda keng bo‘lsada dengiz jangida uning samaradorligi tekshirilmagan. Qanotli “Tomogavk” raketalari dengiz jangida hech qanday yordam bera olmaydi. “Tomogavk” raketalarining kemaga qarshi turi BGM-109B TASM – bir necha yil oldin ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan edi. “Kuk”ning orqa qismida 4 dona kichik o‘lchamli, tovush tezligidan sekin harakatlanuvchi “Garpun” kemaga qarshi raketalar bor. Rossiya ushbu esmnesni doimo kuzatib turadi.
“Donald Kuk” AQSh HDFning 6-bo‘linmasi tarkibiga kiradi va Qora va Boltiq dengizi hdudlarida 2014-yildan buyon Rossiya suv chegaralari yaqinda paydo bo‘lmoqda. O‘sha yilda esmines ekipajining barcha a’zolari (300 kishi) Qora dengizda Rossiya Su-24 samolyoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lgan edi. O‘shanda Rossiya samolyoti kema ustidan 12 marotaba uchib o‘tgan edi.
AQSh qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘shanda Su-24 bortiga o‘rnatilgan REB apparati “Kuk”da o‘rnatilgan elektronikani ishdan chiqargan va amerikalik dengizchilarni vahimaga solgan edi. Ikkinchi marotaba Su-24  2018 yilda “Kuk”ning apparaturasini o‘chirib qo‘ygan edi.
2021 yilda Qora dengiz hududida qarama-qarshilik taktikasi biroz o‘zgardi. “So‘nggi vaqtlarda “Kuk” Qora dengiz hududiga tez-tez keladigan va hududdagi vaziyatni buzadigan bo‘lib qoldi.
AQSh vahimaga tushdi: Rossiya "dengiz yirtqichi"ni yaratdi
Ikkinchi tomondan, unchalik zamonaviy bo‘lmagan  Su-24 samolyoti, radio elektron kurash (REB) apparaturasidan tashqari dengiz nishonlariga zarba beruvchi turli vositalarga ega. Masalan, 285 km masofagacha yuqori aniqlikda zarba beradigan “Havo – yuza” turdagi raketalarga ega. Ushbu raketalar dushman kemasining radarlari nurlanishiga qarab uni nishonga oladi. Uning tezligi 3,6 Maxa (tovush tezligidan 3,6 baravar tez) bo‘lib, jangovar vaziyatlarda “Arli Berk”, turidagi kemalar omon qolishiga imkon bermaydi.
Su-24 va Su-30 samolyotlarining AQSh harbiy kemalariga qarshi zarba berish imkoniyati shunchalik kattaki, bu ham Montre Konvensiyasi kabi, AQSh HDF uchun yana bir g‘amgin mavzuga aylangan. Montre Konvensiyasiga ko‘ra, Qora dengizqirg‘og‘ida joylashmagan davlatlar jangovar kemalari Qora dengiz akvatoriyasiga eng uzog‘i bilan 3 haftaga kirishi mumkin.
Rossiya Janubi-g‘arbiy strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishda  AQSh va NATO HDFga qarshi turish uchun o‘z harbiy kuchlari sonini oshirishi va qarshi turish taktikasini takomillashtirishi kerak. Qora dengiz floti so‘nggi yillar davomida bir necha fregat va kichik raketali kemalar, 6ta dizel-elektrik suv osti kemalari bilan to‘ldirildi. Ularning barchasida uzoq masfaga zarba beruvchi “Kalibr” qanotli raketalari joylashtirilgan.
AQSh 300 nafar dengiz piyodalarini Afg‘onistonga yuboradi
Shuningdek Qrim yarim orolida to‘rtta S-400 havo mudoffa divizionlari, bir nechan “Pansir-S” divizionlari joylashtirilgan.  Sevastopol yaqinida raketa hujumi haqida ogohlantiriuvchi yangi radio lokatsion divizion ham joylashtirilgan. 
Rossiya harbiy dengiz floti O‘rta-Yer dengizida ham o‘z ta’sirinpi kuchayrtirmoqda. Bugungi kunda u yerda 10ta jangovar kemalar va suv osti kemalari joylashtirilgan. Bu ushbu huddadagi AQSh kemalaridan ko‘pni tashkil qiladi.
Defense News xabariga ko‘ra, Uzoq Sharq hududida joylashtirilgan “Bastion” majmuasi Moskvaga Bering bo‘g‘ozi orqali Arktikaga kirish yo‘lini nazorat qilish imkonini beradi. Kerak bo‘lsa Alyaskadagi nishonlarni ham yakson qilishi mumkin. Endi nima bo‘ladi?

AQSh HDFining qiyshiq oynasi

AQSh harbiy kemalarining Qora dengizda bo‘lishi har doim Rossiyaning jig‘iga tegadi, chunki ular raketa zarbasidan yaxshi himoyalangan va uzoq masofalarga zarba beruvchi qanotli raketalar bilan jihozlangan. Ruslar bunday tahdidni strategik masala deb qabul qiladi va ushbu arsenal o‘z aholi punktlari va strategik obyektlariga yaqin joylashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu AQShdagi CNA - Rossiyani o‘rganish tahliliy markazi raxbari Maykl Kofmanning so‘zlaridir.
O‘z navbatida Vashington ham Rossiyaning ko‘p maqsadli strategik suv osti kemalarining AQSh qirg‘oqlari yaqinidan bo‘lishidan, Rossiya strategik bombardimonchilarining AQSh yaqinida uchib o‘tishidan g‘azabga tushadi.
Aslida bir tomonlama xavfsizlik bo‘lmaydi, lekin AQShning o‘z strategiyasi bor. Yaqinda AQSh HDF boshliqlaridan biri admiral Maykla Gildey kemalar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lmasa-da, Jahon okeanida yangi texnologiyalar yordamida hukmronlikni saqlab qolishi kerak, degan edi.
Yangi sovuq  urush: Amerika dengiz piyodalari nega Shimolda to‘planmoqda
Okean kengliklari uzra nazoratni saqlab qolish AQSh iqtisodiyoti va siyosati hamda amerikaliklar va ularning ittifoqchilarining erkin navigatsiyasi hamda dushman qirg‘oqlariga “kuch ko‘rsatish uchun”  uchun juda muhim.
Demak Rossiyaning eng katta “jinoyati” – bu o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirayotganidir. Amerika qarama-qarshilik konsepsiyasida shunday deyilgan: “Rossiya  HDF dunyo xaritasida o‘z ta’sir hududlarini kengaytirmoqda va bizning qirg‘oqlarimizga yaqin harakat qilmoqda... Agar bunga yetarli e’tibor berilmasa, u o‘rnatilgan dunyoviy tartibni buzishda davom etadi va bizning davlatga xavf soladi”.  
Ushbu balandparvoz gaplardan so‘ng Pentagon quruqlik va dengizda provokatsiya va operatsiyalar o‘tkazishi mumkin (Iroq, Yugoslaviya, Afg‘oniston, Liviya va Suriyadagi  operatsiyalarni esga olamiz). Shu sababli ham Rossiya harbiy dengiz flotini kuchaytirish -  amerikalik “hamkor”larni qattiqqo‘llik bilan real hayotgan qaytarish va ko‘pqirrali dunyoni saqlab qolish uchun kerakdir.