AQSh 300 nafar dengiz piyodalarini Afg‘onistonga yuboradi

Obuna bo‘lish
AQSh qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, ushbu harbiylar odatiy almashuv doirasida Gimend viloyatida bo‘lgan harbiylar o‘rniga yuborilmoqda.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. AQSh qo‘mondonligi Afg‘oniston janubidagi Gilmend viloyatiga 300 nafar dengiz piyodalarini yuborishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Reyter xabariga asosan.

AQSh qurolli kuchlarining general-mayori Rojer Terner jurnalistlarga xabar berishiga ko‘ra, 300ga yaqin dengiz piyodalari Gilmend viloyatiga mahalliy xavfsizlik kuchlariga “Tolibon”ga qarshi kurash uchun yordamga yuborildi.

General aytishiga qaraganda, ushbu harbiylar qo‘shnlarda odatiy almashuv doirasida yuborilmoqda. Yangi askarlar Gilmendda ma’lum muddat xizmat qilgan harbiylar o‘rniga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2001 —2014 yillarda AQSh harbiy qo‘shnlarini “Tolibon” va “Al-Qoida”ga qarshi kurash uchun Afg‘onistonga olib kirilgan edi. 2014-yilda qo‘shnlarning aksariyati olib chiqib ketilgan. Ayni damda AQSh harbiylari Afg‘onistonda faqat mahalliy harbiylarni tayyorlash va ularga maslahat berish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu maqsadda Afg‘onistonning Gilmend viloyatida ikki harbiy baza joylashtirilgan: Camp Letherneck va Camp Bastion.

Yangiliklar lentasi
0