Toshkentda yosh yigit otasini pichoqlab qo‘ydi

Yakkasaroy tumanida 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I. pichoqlangan holda topilgan. Uni kelishmovchilik natijasida 17 yoshli o‘g‘li pichoqlab qo‘ygani aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 17 yoshli maktab o‘quvchisi oilaviy kelishmovchilik tufayli 48 yoshli otasini pichoqlab qo‘ydi.  Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Sirdaryoda fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab o‘ldirdi
Ma’lum bo‘lishicha, 22-yanvar kuni soat 01.00 da tuman IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unda Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida ma’lum qilingan. IIBB xodimlari tegishli manzil bo‘yicha yetib borib, 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I.ni pichoqlangan holda topishgan.
Aniqlanishicha, kelishmovchilik natijasida 17 yoshli o‘rta maktab o‘qituvchisi o‘z otasi fuqaro A.I.ni pichoqlab qo‘ygan. Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, ammo tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.