Birinchi fevraldan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi

Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar ishga tushiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. 2021 yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari  sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar ishga tushiriladi.
Toshkent avtobuslarida yagona transport kartalari ishga tushirildi
Shu bilan birga, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.
Ta’kidlanishicha, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.
Barcha turdagi transport kartalari 3-yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi.
"Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi", - deyilgan xabarda.