Antonov: Rossiyani jilovlab turish - AQSh siyosatining “alfa va omega”si hisoblanadi

Jo Bayden Oq uyga kelishi bilan Rossiya AQSh bilan konstruktiv muloqotni boshlashga, ikki tomonlama munosabatlarda to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etishga qaror qildi.
Sputnik
Moskva ezgu umidlardan yiroq va Rossiyani jilovlash Amerika tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini anglaydi, dedi Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov.
“ShO-2” Germaniya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar taqdirini belgilaydi
Elchi AQSh 46-prezidenti inauguratsiyasidan so‘ng RIA Novostiga bergan intervusida Vladimir Putin va uning yangi amerikalik hamkasbi o‘rtasida bu yil uchrashuv bo‘ladimi, Moskva va Vashington COVID-19ga qarshi hamkorlik qilish imkoniyatini qanday bo‘lishini aytdi. strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani saqlab qolish uchun hali ham imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi - Rossiya AQSh takliflarini kutmoqda.
- Saylovdan keyin Jo Baydenning bo‘lajak administratsiyasi vakillari bilan dastlabki muloqotlar o‘tkazildimi? Qaysi mavzularni muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldingiz?
- Bunday muloqotlar bo‘lmadi. Biroq, yangi hukumatda tashqi siyosat bo‘yicha tayinlanganlarning ko‘pi bizga tanish. Ular avvalgi administratsiyalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Umid qilamizki, Oq uy apparati, Davlat departamenti va boshqa idoralardagi o‘zgarishlar bilan hamkasblar bilan ikki tomonlama dolzarb va xalqaro muammolar bo‘yicha mazmunli muloqotni boshlash mumkin bo‘ladi.
Hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha Rossiya takliflari bir necha bor aytilgan va muzokaralar stoliga qo‘yilgan. Biz Amerika tomoni bilan amaliy va o‘zaro manfaatli muloqotga tayyormiz.
- Vashington DSNVni uzaytirishga rozilik berishini kutayapsizmi? Rossiya 20-yanvardan keyin maslahatlashuvlarni boshlashga tayyormi?
- Ma’lumki, Rossiya bir yildan ko‘proq vaqt oldin AQShga DSNV shartnomasini hech qanday shartlarsiz uzaytirishni taklif qilgan edi. Respublika administratsiyasi shartnomani u imzolangan ko‘rinishda uzaytirishdan qat’iyan bosh tortgandi. Qabul qilib bo‘lmaydigan shartlarni ilgari surdi. Aslini olib qaraganda, yadroviy qurolni nazorat qilish bo‘yicha yagona Rossiya-Amerika kelishuvini siyosiy savdolashuv mavzusiga aylantirdi. Ajablanarli joyi yo‘qki, bunday pozitsiya oxir-oqibat DSNV taqdiri bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni boshi berk ko‘chaga olib keldi. Shunga qaramay, biz bir qator masalalarda Vashington tomon keldik. Umid qilamizki, hozirgi administarsiyasi yanada oqilona va realistik prinsiplardan bu masalaga yondashadi.
Rossiya va AQSh orasida munosabatlar vektori o‘zgarmoqda – siyosatchi
Rossiya DSNV shartnomasini uzaytirish bo‘yicha mazmunli muloqotga tayyor. 2021-yil 5-fevralda kelishuv muddati tugashidan oldin tegishli kelishuvga erishish imkoniyati saqlanib qolmoqda. To‘p Vashington tomonida - konstruktiv takliflarni kutmoqdamiz.
- 2021-yilda Rossiya Federatsiyasi va AQSh prezidentlari uchrashuvini kutish kerakmi? Tashqi ishlar vazirlar darajasida? Baydenga “2+2” formatida maslahatlashuvni o‘tkazish taklif qilasizmi?
- Pandemiya sharoitida yuzma-yuz tadbirlarini qayta tiklash istiqbollari, shu jumladan eng yuqori darajada gapirish hozircha qiyin. Siyosiy muloqotlar jadvalini shakllantirish epidemik vaziyatning normallashishiga, bunday uchrashuvlarning mazmuniga, ko‘p tomonlama tadbirlarda muloqot qilish imkoniyati va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Rejalarni AQSh yangi administratsiyasi bilan muhokama qilish va kelishish kerak.
"2 + 2" formatiga kelsak, amerikaliklarga uni qayta tiklashni bir necha bor taklif qilgandik. Biroq, ular ijobiy javob berishmadi. Mazkur tashabbus o‘z kuchida qolmoqda.
- Bayden tashqi siyosat jamoasiga allaqachon e’lon qilingan nomzodlarni qanday baholaysiz? Eron, Suriya, Ukraina bo‘yicha muloqot qayta boshlash mumkinligiga umid bormi? AQSh Milliy xavfsizlik kengashi tarkibiga Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha alohida direktor tayinlanishi haqida nima deb o‘ylaysiz?
- Baydenning tashqi siyosiy guruhiga nomzodlarni baholash - bizning ishimiz emas. Biz AQSh prezidenti, har qanday rahbar kabi, o‘zi ishonadigan mutaxassislarni tanlaydi degan asosdan kelib chiqamiz.
AQSh har doim zo‘ravonlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan – Volodin
Menimcha, yangi jamoaga tashqi siyosatdagi ustuvorliklar va aniq masalalar bo‘yicha yondashuvlarni aniqlab olishi vaqt berish kerak. Uning xalqaro yo‘nalishini nafaqat saylovoldi so‘zlar asosida emas, balki amaliy harakatlar bilan baholash lozim. Kimdir saylovdan oldin ikkita rang bor deb, o‘rinli gap aytdi - qora va oq, ulardan keyin esa bitta - kulrang.
Shu bilan birga, biz ezgu umidlardan yiroqmiz. Agar Rossiya yo‘nalishda biron bir o‘zgarishlar yuz bersa, mohiyatan emas, aksincha nyuanslarda bo‘ladi. Rossiyani tizimli jilovlash Amerika siyosatining alfa va omegasi bo‘lib qolmoqda.
Biroq, administratsiyadagi ko‘plab yuqori martabali amaldorlar bizga Barak Obama davridagi ishi bilan yaxshi tanish. Masalan, Oq uyda Yaqin Sharq masalalari koordinatori lavozimini egallashi kutilayotgan Bret Makgurk, u bilan IShIDga qarshi koalitsiyada prezidentning maxsus vakili (IShID - Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot) bo‘lganida ish olib bordik.
Yangi administratsiya hokimiyat tepasiga kelganidan keyin SNB apparati tarkibidagi o‘zgarishlarga kelsak, bu odatiy hol. Jorj Bush va Barak Obama prezidentligi davrida Oq uyda Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan pozitsiya allaqachon mavjud bo‘lgan. Biz Oq uy apparatida amerikalik hamkasblar bilan muntazam muloqot o‘rnatiladi, deb nazarda tutmoqdamiz.