Tramp amerikaliklar bilan xayrlashdi

Siyosatchi o‘z nutqida "u hech qanday yangi urushlarni boshlamagan o‘n yillikning birinchi prezidenti bo‘lganini" ta’kidlab o‘tgan.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Donald Tramp prezident postida xayrlashuv murojaati bilan chiqish qildi, uning nutqidan iqtiboslarni Oq uy keltirib o‘tgan.
Donald Trampga ikkinchi marta impichment e’lon qilindi – bu AQSh tarixidagi ilk holat
Trampning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari sifatida u "Amerikada hukumat xalq oldida javob beradi degan muqaddas g‘oyani" tasdiqlagan.
"Biz amalga oshirish uchun kelgan ishlarni, va hatto undan sal ko‘prog‘ini amalga oshirdik", - deb aytgan u.
Siyosatchi, shuningdek, "u hech qanday yangi urushlarni boshlamagan o‘n yillikning birinchi prezidenti bo‘lganini" ta’kidlab o‘tgan.
Tram fikricha, uning administratsiyasi AQSh "qudratini va amerikaning xorijdagi yetakchiligini tiklagan".
"Biz (boshqa davlatlar bilan - tahr.) ittifoqimizga yangi hayot baxsh etdik va Xitoyga qarshi avvalgidan ham kuchliroq qarshi chiqish uchun boshqa dunyo mamlakatlarini birlashtirdik", - deyiladi murojaat matnida.
AQSh har doim zo‘ravonlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan – Volodin
Tramp fikricha, Shtatlar duch kelgan eng katta xavf - bu davlatning o‘ziga va milliy ulug‘vorligiga bo‘lgan ishonchning yo‘qotilishidir.
"Amerika — bu biz ularga qarshi bo‘lganlardan yashirishimiz va himoya qilishimiz kerak bo‘lgan qo‘rqoq odamlarga ega kamtar davlat emas", - deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Tramp Jo Bayden yangi administratsiyasining mamlakat xavfsizligi va gullab-yashnashini ta’minlashda muvaffaqiyatga erishishi uchun duodaligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, u o‘zining siyosiy harakati endi boshlanganini qayd etib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, yangi saylangan prezident Jo Bayden inauguratsiyasi bugun, 20-yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirgan.