Putin “matroshkasi” yoki Rossiyaning yangi suv osti kemasi haqida nimalar ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning yadroviy energiya yordamida harakatlanuvchi, kontinentlararo strategik torpedosi AQSh mudofaa tizimini chil-parchin qildi. Endi ularni ikki okean ham "himoya gumbazlari" ham himoya qila olmaydi.
Sputnik
Rossiyada maxsus atom suv osti kemasi qurilishi yakuniga yetmoqda. Qisqa vaqt ichida uning gidravlik sinovlari boshlanishi kerak. Rossiya harbiy-dengiz flotiga (HDF) ushbu kema 2027-yilga qadar foydalanishga topshirilishi kerak.
AQSh nima sababdan suv osti kemalarini Rossiya qirg‘oqlari yaqiniga ko‘chirmoqda
“Ulyanovsk” (09853 proyekt) turidagi submarinalarini qurishi Sevmash zavodida 2017-yilda boshlangan edi. Lekin keyinchalik kema konstruksiyasi zamonaviy tizim va mexanizmlar bilan to‘ldirilgan. Military Watch Magazine nashriga ko‘ra, ushbu kemalar sovet davrida qurilgan “Borey” strategik atom suv osti kreyserlarining kichraytirilgan nusxasidir.
"Ulyanovsk" suv osti kemasi "Xabarovsk" va "Belgorod"dan farqli o‘laroq, "Poseydon"  - termoyadroviy torpedolar bilan jihozlangandir. Yaqin kelajakda Rossiya shimoliy flot tarkibida kamida ikkita ana shunday torpedolar tashuvchi kemalar bo‘lishini rejalashtirgan.

Dengiz xudosi 

"Poseydon"  - ko‘p maqsadli okean sistemasi bo‘lib, u NATOning Sharqiy Yevropa hududiga kengayishi va Pentagonning zarba berish potensialini oshirishga qarshi javobdir.
"Poseydon"  - Rossiyaning eng maxfiy loyihalaridan biri bo‘lib, eshbu tizim haqida aniq ma’lumot juda kam tarqalgan. U haqida biroz oldin chop etilgan ehtimoliy xususiyatlari ham mutaxassislarga Rossiyaning u yadroviy ushlab turish tizimi haqida tasavvur berishi mumkin.
"Ulyanovsk" — seriyali submarina bo‘lib,  "Xabarovsk" konsepsiyasining davomchisidir. “Ulyanovsk” ikki korpusli komponovkaga ega bo‘lishi mumkin. Suv osti kemasining uzunligi 113 metrga yetishi, to‘liq suv sig‘imi— o‘rtacha 10 ming tonnani tashkil qilishi, suvga sho‘ng‘ish xususiyati 500 metrgacha bo‘lishi, suv ostida harakatlanish tezligi 30 uzelgacha bo‘lishi mumkin. Kema 120 sutka davomida cheklanmagan masofaga avtonom suzishda bo‘lishi mumkin. Ekipaj – 100 kishi.
Ulyanovsk 6ta “Poseydon” torpedolari, “Kalibr-PL" qanotli raketalari, "Sirkon" gipertovush raketalar  va "Paket-PL" o‘z-o‘zini himoya qilish majmuasi bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.
Rossiyaning ko‘p maqsadli okean tizimi dushmanning avatashuvchi guruhlarini, qirg‘oqdani nishonlarni, harbiy bazalarini va qirg‘oqbo‘yidagi boshqa strategik obyektlarini yo‘q qilishi mumkin.

Putin “matreshka”si

09851 va 09853 loyihalariga mansub suv osti torpedolari tashuvchilari – yashirin va juda qudratli bo‘lishi mumkin. Ular jahon okeanining  istalgan qismida 4 oy davomida suv ostida yashirin jangovar xizmat olib borishi mumkin. O‘z navbatida “Poseydon” apparatlari - yanada yashirin va yanada avtonom, jangovar vaziyatda esa – umuman  yo‘q qilib bo‘lmaydigan darajada himoyalangan.
"Rossiyaga signal". AQSh nima uchun Norvegiya qirg‘oqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi
Rossiyaning ko‘p maqsadli okean suv osti jangovar tizimi – atom suv osti kemasi va kontinentlararo termoyadroviy torpedolar, qandaydir ma’noda rus matreshkasini eslatadi. Dushmanlar uni bezovta qilmagani  ma’qul, jiddiy sabab bo‘lmasa - u ishga tushmaydi.  
"Poseydon" – yadroviy dvigatelga ega bo‘lgan suv osti apparatining uzunligi 20 metr, diametri 1,8 m va og‘irligi 100 tonnani tashkil qiladi. U cheklanmagan masofadagi nishonga zarba berishi, suv ostiga 1km chuqurlikkacha yashirinishi, 100 uzel (185 km/soat) tezlikda harakatlanishi mumkin.
Undan tashqari suv osti apparatining o‘z sun’iy ongi bo‘ladi va o‘z tashuvchisidan bir necha ming km uzoqlikda mustaqil harakat qilishi mumkin. Qanday tezlik va chuqurlikda harakatlanishni apparatning o‘zi vaziyatga qarab hal qiladi. Uning maksimal tezligi har qanday xavfdan qochib  qaolish imkonini beradi. Uning turgan joyini  gidroakustik vositalar yordamida aniqlashning iloji yo‘q.
“Poseydon” 10 km masofagacha dengiz tubi rellyefiga muvofiq harakat yo‘nalishini belgilashi, nishonga yetib borganidan so‘ng ham jangovar boshi ishga tushirilishini oylab kutishi yoki bazaga qaytishi mumkin.  "Poseydon" jangovar qismining quvvati  — 100 megatonna trotilni tashkil qiladi. Uning “jangovar boshidagi” kobalt seksiya – dushman hududini maksimal darajada radioaktiv ifloslantirish uchun mo‘ljallangan.
Sharqiy qirg‘oq Amerika floti uchun xavfsiz boshpana bo‘lmay qoldi - AQSh vitse-admirali
Bunday tafsilotlar Rossiyaga bilan “kuch nuqtayi nazaridan” gaplashishni rejalashtirgan “hamkorlar” uchun ataylab xabar qilinmoqda. Atom submarinalari va strategik torpedolarining ushbu xususiyatlari, dushman suvda va quruqlikda mustahkam “himoya gumbazi” yaratgan holda ham javob zarbasi berish imkonyatini saqlab qolish uchun yaratilgan.
Rejalashtirilayotgan 4ta submarinalar – bu jahon okeanida 24ta “Poseydon” degani. Forbes baho berishiga ko‘ra ushbu torpedolar har qanday raqibning qirg‘oq mudofaasini nolga tenglashtirishi, aviatashuvchi guruhlarini yo‘q qilishi mumkin. Ushbu tizim AQShning g‘arbiy yoki sharqiy qirg‘og‘iga misli ko‘rilmagan miqdorida zarar yetkazishi mumkin. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan HDF dunyoda boshqa yo‘q.

HDF strategiyasida rus revolyutsiyasi

Vashington o‘zining HDF va xorijiy harbiy bazalar tarmog‘iga ishongan holda tajovuzkor tashqi siyosati olib bormoqda va butun dunyoni nazorat qilishni rejalashtirgan.
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSh dengiz flotining 10-yillik rejasi
Rossiya strategik ko‘p maqsadli submarinalari yaratishiga sabab, AQSh o‘z suv osti kemalarida 2,5 km masofaga zarba bera oladigan “Tomogavk”  raketalarini joylashtirishi sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi ekspertlar.
 “Poseydon”lar paydo bo‘lishi Amerikani jiddiy uylovga solgan. Ularni hozir - jang vaqtida ushbu qurollardan foydalanish xalqaro huquq normalarini buzmaydimi, degan savol qiynamoqda. Bu javobsiz savoldir.
Rossiya “Poseydon”lari AQSh oldin ega bo‘lgan, ikki okean himoyasidan mahrum qiladi. Termoyadroviy zarad bilan jihozlangan aqlli suv osti dronlarining borligini o‘zi amerikaliklarni tinchlikka majburlaydi, kelishuvchanligini oshiradi. Bunga javoban esa Vashington, ulkan moliyaviy xarajatlar qilishi, “qiyomat kuni torpedolariga” qarshi mutlaq yangi himoya tizimi yaratishi kerak bo‘ladi. Lekin bunga amerikaliklarning texnologik qoloqligi xalal beradi.
Kelajakda esa, yadroviy torpedolar yirik harbiy kemalarga, yoki gidrografik va savdo kemalari ko‘rinishidagi yashirin kemalarda ham o‘rnatilishi mumkin.
AQSh yangi raketa yaratish uchun sal kam milliard dollar ajratdi
"Poseydon" tizimi bugung kunda mavjud bo‘lgan hech qanday qurollanishni cheklovchi tizimlar ostiga tushmaydi va ulkan eksport potensialiga ega. Xalqaro qurol bozorida unga kelishilgan “jangovar bosh” o‘rnatgan holda haridorlarga yetkazib berish mumkin.
Hindiston va Xitoy ushbu qurolni ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan sotib olgan bo‘lardi. Xitoy mutaxassslari ana shunday texnologiyalar suv ostida katta chuqurlikda izlanishlar o‘tkazish uchun ideal vosita bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilishdi. Darhaqiqat “Poseydon” korpusi uni 14 kmgacha dengiz tubiga tushirish imkonini beradi.
Nima bo‘lgandan ham, Rossiyaning yadroviy energiya yordamida harakatlanuvchi, strategik kontinentlararo  apparatining kelajagi porloqdir. Moskva esa - har qanday noqulay hamkorlar bilan “insonparvarlik kuchi” nuqtayi nazaridan muzokaralar olib borishga tayyor.