Tashkent City parkiga pullik kirish tartibi uzaytirildi

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi, deb xabar qildi “Daryo” nashri.
Tashkent City bog‘iga kirish vaqtincha pullik bo‘ldi
Markaz direksiyasining 11-yanvarda tegishli buyrug‘i imzolangan.
Pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bog‘ infratuzilma va obyektlarini 2021-yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgan, deb bayon etilgan buyruqda.
Kirish tariflari o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 ming so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming so‘m, pensionerlarga — 5 ming so‘m (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).
Eslatib o‘tamiz, Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasi va angi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilangandi. Dastlabki rejaga ko‘ra, pullik kirish tartibi 10-yanvarga qadar davom etishi kerak edi.