Qirg‘izistonda prezident saylovlari boshlandi

Prezident saylovlari bilan bir kunda respublikada mamlakatda boshqaruv shaklini aniqlashtirish uchun ham referendum bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Qirg‘izistonda mamlakat prezidenti saylovlari uchun saylov uchastkalari ochildi, deb xabar qilmoqda Qirg‘izistonning saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy saylov komissiyasi matbuot-xizmati.
Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi
"Respublika bo‘yicha 2420 ta saylov uchastkalari ochilgan", — degan matbuot-xizmati xodimi.
MSK avval bergan xabarlarga muvofiq, barcha uchastkalarda COVID-19ga qarshi sanitar-epidemiologik choralarga amal qilinadi.
Ovoz berish uchun kelgan shaxslarning barchasi tibbiy niqob va sanitayzerlar bilan ta’minlanadi. Bir necha soat oraliqda xonalarda sanitariya tozalash ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, uchastka saylov komissiyalari a’zolariga ovoz berish uchun tashrif buyurganlar o‘rtasida oraliq masofasi saqlanishini jiddiy nazorat qilib borish topshirilgan.
Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Oliy sudga chaqirildi
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston xalqi tomonidan bundan avval saylangan yetakchi Sooronbay Jeenbekov 2020-yilning oktabrida yuz bergan ommaviy noroziliklar fonida iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi. Mamlakat prezidentligiga 17 kishi da’vogarlik qilmoqda - ular safida siyosatchilar, amaldorlar, biznesmenlar va kuch tartibot organi xodimlari bor. Respublikada bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda va shuningdek chet elda prezident saylovlarida 3,5 milliondan ortiq kishi ishtirok etishi mumkin. Ovoz berganlarning miqdoridan qat’iy nazar saylovlar bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.
Prezident saylovlari bilan bir kunda respublikada mamlakatda boshqaruv shaklini aniqlashtirish uchun ham referendum bo‘lib o‘tadi. Fuqarolar taklif etilgan uch variant: "prezidentlik boshqaruv shakli", "parlament boshqaruv shakli" va "hammasiga qarshi" variantlaridan birini tanlashlari kerak bo‘ladi. Saylovchilarning 30 foizdan ortig‘i referendumda ishtirok etsa va uchastkalarga kelganlarning aksariyati "hammasiga qarshi" variantini tanlamasa, u bo‘lib o‘tgan deya tan olinadi.