Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Kirgizii Sadir Japarov
Premyer-ministr Kirgizii Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov saylovlarda ishtirok etish uchun dekabr oyida prezident vakolatlarini zimmasidan soqit qilmoqchi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi.

Premyer-ministr Kirgizii Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti v.b. Japarov ilk xorijiy tashrif bilan Rossiyaga bormoqchi

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun u dekabrda iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda.

“Men boshqalar qatori saylovlarda ishtirok etaman. Agar g‘alaba qozonsam prezident bo‘laman, bo‘lmasa barcha kabi oddiy fuqaro bo‘laman”, - dedi Japarov. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.

Qirg‘izistonda muddatidan avvalgi prezident saylovlari 2021-yil 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakat Konstitutsiyasiga binoan prezident v.b. o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega emas.

Avvalroq Japarov agar qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritilsa, prezident saylovlarida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0