"Jek Ma qani?": Alibaba asoschisi "yo‘qolgani" aytilmoqda

ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder omma qarshisida ko‘rinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31-oktabrda ko‘rishgan, o‘shanda Jek Ma to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan Alibaba tadbirida ishtirok etgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Xitoyning eng badavlat insonlaridan biri - Alibaba asoschisi, milliarder Jek Maning "g‘oyib bo‘lgani" haqida xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mish-mishlar xorijiy OAVlargacha yetib bordi.
Alibaba rahbari: 30-yildan so‘ng odamlar kuniga to‘rt soatdan ishlaydi
Xabarlarda aniqlik kiritilishicha, Jek Ma - Xitoy moliyaviy regulyatorlari faoliyatini tanqid qilgan va XXRning texnologik kompaniyalarga qarshi olib borayotgan siyosatiga qarshi chiqqan paytdan - aniqrog‘i, oktabr oyi oxiridan e’tiboran omma oldida ko‘rinish bermagan.
Ushbu haftada Telegraph, Forbes, Financial Times, CNN, Fox, ABC telekanallari va ko‘plab boshqa nashrlarda: "Milliarderning g‘oyib bo‘lishi", "Jek Ma qani?", "Jek Ma yo‘qoldimi?" degan sarlavhalar aks etgan xabarlarni ko‘rish mumkin.
ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder omma qarshisida ko‘rinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31-oktabrda ko‘rishgan, o‘shanda Jek Ma to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan Alibaba tadbirida ishtirok etgan.
Yoshlarga grantlar, Alibaba: O‘zbekiston vakillari Xitoy ta’lim tizimini o‘rganishdi
Ayrim xabarlarga ko‘ra, deya ta’kidlanadi telekanal xabarida, o‘zining Africa's Business Heroes shousi shov-shuvli final bosqichini ham o‘tkazib yuborgan. Garchi shouda u bosh hakam rolini ijro etishi kutilgan bo‘lsa-da. Sal avval Jek Ma final bosqichni sabrsizlik bilan kutayotgani haqida aytgan bo‘lgan.
Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Jek Ma hozirda bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy xususida turli mish-mishlar tarqalmoqda, internet foydalanuvchilari uning g‘oyib bo‘lishini 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sammitda so‘zlagan janjalli nutqi bilan bog‘lashmoqda, deb yozadi telekanal.
Dekabr oyida Bozorni nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha XXR bosh davlat boshqarmasi Alibaba kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi surishtiruvni boshlab yuborgan.