TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Ayrim turdagi mahsulotlarni tanovvul qilish koronavirusga chalingan inson holatini keskin yomonlashtirishi mumkin.
Bu haqda shifokor-terapevt, parhezshunos va tibbiyot fanlari nomzodi Yekaterina Burlyayeva ma’lum qildi.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, mahsulotlar koronavirusni yuqtirish manbasi bo‘lolmaydi. Shunchaki, bu noto‘g‘ri odatlarning barchasi oxir-oqibat kasalliklarga olib keladi va COVID-19ni kechishi jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Burlyayeva koronavirusga chalingan bemorlar uchun maxsus menyu ishlab chiqilganini qayd etdi. Uni Rospotrebnadzor va Oziqlanish va biotexnologiya FIS xodimlari tuzishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, infeksiyaga qarshi kurashuvchi har bir inson shakar va tuz iste’mol qilishni maksimal qisqartirmog‘i lozim.
Shuningdek, COVID-19ga chalingan insonlar non va boshqa turdagi un mahsulotlaridan tiyilmog‘i kerak.
Gazlangan va tarkibida sok mavjud bo‘lgan ichimliklar ham salomatlikka salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Bundan tashqari, koronavirusga chalingan bemorlar kolbasa, sosisa, yog‘li go‘sht va pishloq, chips, mayonez va fastfuddan o‘zini tiyishi lozim, deb hisoblaydi Burlyayeva.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, oziq-ovqat ratsioniga tovuq go‘shtidan bulon, sutli kashalar va kartoshka puresini qo‘shgan ma’qul.