TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. "Jenoa" futbol klubi Italiya chempionatining 16-turida "Sassuolo"ga qarshi o‘yinida ochko qo‘lga kirita olmadi. Mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi nol natija bilan yakunlandi. Ammo ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida "Sassuolo" yarim himoyachisi Jeremi Boga raqiblar darvozasiga gol urib, hisobni ochdi. 64-daqiqada "Jenoa" "Rostov"ning sobiq forvardi Eldor Shomurodov Paolo Gilone uzatgan to‘pni o‘ziniki qildi. Havodagi kurashda raqib himoyachisini yengib, boshi bilan to‘pni darvoza to‘riga joyladi.
Ammo mehmonlar durang hisobni olib keta olmadilar. Uchrashuvning 83-daqiqasida, Jakomo Raspadori darvozaga to‘p yo‘llaydi va shu bilan o‘yin taqdirini hal qiladi.