Yaponiya o‘z chegaralarini yopmoqda

Chegaralarni yopish to‘g‘risidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Yaponiya hukumati dunyoning barcha davlatlari va hududlaridan mamlakatga kirishga vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar qilmoqda.

"Oldingilaridan ancha xavfli": Britaniyada tarqalayotgan virus haqida olimlar xulosasi

Ma’lum qilinishicha, cheklovlar 28-dekabrdan boshlab kelgusi yil oxiriga qadar amal qiladi.  Yaponiya fuqarolari va mamlakatda yashash ruxsatnomasini olgan chet elliklar mamlakatga qaytishi mumkin. Shuningdek, xuddi shu muddatga yangi viza berish to‘xtatib qo‘yilgan.

Chegaralarni yopish to‘g‘risidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan. Ular yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytgan bo‘lishgan.

Hozirda Yaponiyada, xususan, Tokio shahrida rekord darajada koronavirus bilan kasallanish kuzatilmoqda. O‘tgan kun mamlakatda 3,8 mingdan ziyod kishida COVID-19 aniqlangan, shulardan 949 nafari Tokioda. Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 213 mingdan oshgan. Shulardan 180 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 3,1 mingdan ortiq inson virus qurboniga aylangan.