TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Namangan viloyati Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” ishtirokida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH 16-dekabr kuni soat 16:30larda shahardagi I.Karimov-Istiqlol ko‘chalari kesishgan "Fazo" chorrahasida sodir bo‘lgan. “MAN” yuk mashinasi haydovchisi A.A. harakatlanayotib chorrahadan N.M. boshqaruvidagi “Neksiya” bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan. “Neksiya”da bo‘lgan 42 yoshli haydovchi N.M, uning 39 yoshli rafiqasi M.X., haydovchining 13, 10 yoshli farzandlari M.B. va A.B., yo‘lovchi bo‘lgan 34 yoshli G.Sh. va 7 yoshli M.Sh.lar hodisa joyida yonib ketib vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.