TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (OYeIK) navbatdagi yig‘ilishi 2021-yilning may oyiga rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi brifingda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) rahbari Mixail Masnikov, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi taxminan kelgusi yil may oyida o‘tishi belgilangan bo‘lib, unda 2025-yilgacha strategiyani amalga oshirish rejalari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar va boshqa ko‘plab boshqa masalalar bo‘yicha hisobot berishimiz kerak bo‘ladi", - dedi u.
YeIK rahbarining o‘rinbosari Iya Malkina keyinroq brifing davomida yig‘ilish Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishini aytib o‘tdi.
Kuni kecha, juma kuni Masnikovich YeOII mamlakatlari rahbarlari 2025-yilgacha ittifoq integratsiyasi bo‘yicha rivojlanish strategiyasini tasdiqlashgani haqida xabar bergan edilar.
Unda muhim "qo‘shimcha qiymat" mavjud - bu "ilgari integratsiya kun tartibida ko‘zda tutilmagan investitsiya va innovatsion faollikni oshirish, ittifoqning kooperativ va ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va uni zamonaviy dunyo taraqqiyotining muhim markazi sifatida shakllantirish bo‘yicha choralar va mexanizmlardir"
Hujjatda, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilmagan sohalar: ta’lim va fan, turizm, sport va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik mexanizmlarini aniqlashtirilgan.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashiga 2021-yilning birinchi choragida strategik yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tasdiqlash, a’zo davlatlar hukumatlari va YeIKga esa - hujjat ijrosini ta’minlash topshirig‘i berilgan.