Hafta oxirigacha Rossiya regionlarida koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanadi

Bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasi bilan 150 mingdan ziyod rossiyaliklar emlangan. Bu yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi dunyodagi birinchi preparatdir. Sog‘liqni saqlash vazirligi uni avgust oyi o‘rtalarida ro‘yxatga o‘tkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Regionlar COVID-19ga qarshi koronavirusga emlanishga tayyorligini e’lon qildi, deb xabar qildi bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova kotibiyati.

“Sputnik V” vaksinasining yakuniy narxi belgilandi

"Hafta oxiriga qadar vaksinatsiya barcha obyektlarda ishga tushiriladi", — deyilgan relizda.

Mahalliy hukumatga jarayonni tashkil qilish, ayniqsa, faqat ikkitagacha vaksinatsiya punktlari hozirlangan regionlarga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilgan.

Xususan, ushbu yo‘nalishda ishlarni Ingushetiya, Kalmikiya, Xakasiya, Kabardino-Balkariya, Oltoy va Perm o‘lkalari, Amur, Astraxan, Bransk, Kursk, Lipesk, Saxalin, Tambov viloyatlarida, Yahudiy avtonom viloyatida, Yamalo-Nenesk, Nenesk va Chukotka avtonom okruglarida hamda Sankt-Peterburgda davom ettirish tavsiya etilgan.

Serbiyaga “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi olib kelindi

Yakshanba kuni Moskvada ommaviy vaksinatsiyaga start berildi. Hozircha faqat o‘qituvchilar, shifokorlar va ijtimoiy soha xodimlari emlanishi mumkin, ammo tez orada ushbu vaksina bilan barcha xohlovchilar emlanishlari mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasi bilan 150 mingdan ziyod rossiyaliklar emlangan. Bu yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi dunyodagi birinchi preparatdir. Sog‘liqni saqlash vazirligi uni avgust oyi o‘rtalarida ro‘yxatga o‘tkazgan.

Vaksina Gamaleya nomidagi markazda yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusi vektori platformasida yaratildi.

Yoz faslida vaksina 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilarda ikki stadiyada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

“Sputnik V”: 50tadan ortiq davlat vaksinani sotib olish uchun buyurtma berdi

Natijada ularga immun javob va SARS-CoV-2 qarshi antitanachalar shakllandi.

Ayni vaqtda ro‘yxatga olishdan keyingi sinovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Tez orada rossiyaliklarda koronavirusga qarshi yana bir mahalliy preparat - Novosibirskdagi "Vektor" ilmiy markazida yaratilgan "EpiVakKorona" bilan emlanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Boshqa Rossiya vaksinalarini ishlab chiqish ustida ishlar davom ettirilmoqda.