Yevropa Rossiyaga qarshi kurash uchun "yolg‘on vazirligini" tashkil qilmoqda

Yevropa yana Rossiyani nihoyatda keskin va shafqatsiz sanksiyalar bilan qo‘rqitmoqda. Bu safar - koronavirus haqida dezinformatsiya tarqatgani uchun. Bu haqda Yevrokomissiyaning "Demokratiya sohasidagi harakatlar rejasi" nomli balandparvoz dokladida aytilgan.
Sputnik

Vladimir Kornilov

Ushbu hujjat o‘tgan hafta Brusselda Adliya masalalari bo‘yicha Yevrokomissar Vera Yurova tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, Yurova xonim unda Rossiya va Xitoyning Yevropa demokratiyasiga qarshi hujumlari bundan buyon "jazosiz qolmasligini", chunki ushbu doklad negizida kelgusi yilda yuqorida tilga olingan "qoidabuzarlarni" jazolashni nazarda tutuvchi qonunchilik tashabbuslari tayyorlanayotganini aytdi.

Kreml COVID-19 bo‘yicha dezinformatsiya tarqatishda Rossiyaga qarshi ayblovlarga javob berdi

G‘arb rasmiylari bizlarni ulardagi demokratiya va COVID-19 epidemiyasiga qarshi umum Yevropa kurashi asoslariga putur yetkazuvchi dezinformatsiyani tarqatishda birinchi bor ayblayotgan emas. O‘tgan bahorda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu borada shunday fikr bildirgandi: "Yevropa tashqi siyosat xizmati tomonidan yangrayotgan go‘yoki bizning mamlakatlarimiz tomonidan koronavirus atrofidagi barcha holatlar bo‘yicha tarqatilayotgan dezinformatsiya haqidagi ta’kidlarga keladigan bo‘lsak, bu haqda fikr bildirishim unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi, nega deganda, bunday ta’kidlarni tasdiqlovchi bironta ham fakt bizga taqdim etilmagan. Aslida biz ushbu faktlar taqdim etilishini so‘raganimiz ham yo‘q. Sababi, biz, g‘arblik hamkasblarimiz rus tahdidi yoki boshqa allaqanday tahdidlar borasida o‘z uydirmalarini umumlashtiruvchi qandaydir motivlarni topishga bot-bot urinishlariga allaqachon ko‘nikkanmiz".

Axborot urushi qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish kerak – ekspert  

Ammo - turli arboblar tomonidan yangraydigan bayonotlar bu boshqa masala, ayni vaqtda esa gap Yevropa Komissiyasi tayyorlagan hisobot negizida tayyorlanayotgan qonunchilik tashabbusi haqida bormoqda. Shu bois, Yevropa oldida qanday gunoh qilib qo‘yganimiz to‘g‘risida to‘plangan dalillar bazasi bilan tanishish juda qiziq edi.

Ammo shu ma’lum bo‘ldiki, Yevropaning koronavirusga qarshi kurashdagi sayi-harakatlariga qarshi "Rossiya va Xitoyning buzg‘unchilik ishi" bo‘yicha yagona dalil - Yevropa tashqi siyosat xizmatining rasmiy bo‘limi bo‘lgan va bizning davlatimizga qarshi axborot urushini yuritish uchun atay tashkil etilgan - o‘sha siyqasi chiqqan East Stratcom Task Forc, ya’ni Yevropa Ittifoqining "axborot spesnazi" ekan.

O‘zining EUvsDisinfo resursida "kremlparast dezinformatsiya ma’lumotlar bazasi"ni to‘plovchi ushbu tuzilmaning o‘zi bir necha marotaba ochiqdan ochiq feyklarda qo‘lga tushgan. Bu resursning "ekspertlari" quyushqondan chiqib, "kremlparast yorlig‘ini" xuddi, Rossiya OAVlarini qoralagan kabi, hech bir asossiz Yevropa Ittifoqi mass-mediasining o‘ziga ham yopishtirish mumkin, degan qarorga kelgach, Niderlandlar parlamenti deputatlari hatto uni yopish talabini ilgari surishdi.

AQSh qay tarzda Rossiya "propagandasi va soxta axborot ekotizimi"ni fosh qildi

O‘sha vaqtdan buyon "axborot spesnazi" bu saboqdan tegishli xulosa chiqardi va G‘arbiy Yevropa OAVsini tegmaslikka harakat qiladi. Ammo shu bilan birga uning metodlari o‘sha-o‘shaligicha qolgan: biz haqimizda hamon yozishni davom ettirmoqda. Ushbu o‘ta shubhali darajadagi Rossiyaga qarshi tuzilmaning hisoboti - bizning "aybdorligimizning" yagona dalili bo‘lib, shu asosda hatto yangi sanksiyalarni hozirlashmoqda.

Yevrokomissiya dokladida EUvsDisinfo bazasida "COVID-19 to‘g‘risida kremlparast dezinformatsiyaning 500dan ortiq misollari"ni sanash mumkin. "Axborot spesnazlarining" o‘zlari esa gerdaygancha bunday misollardan ularda 640dan ortiq ekanligi haqida bong urishadi. Ularning qat’iy ta’kidiga ko‘ra, ushbu buzg‘unchilik kampaniyasi o‘z mevalarini bera boshlagan va bu bilan ishonuvchan yevropaliklar uchun xavf tug‘dirmoqda. Bularning dalili sifatida esa quyidagilar keltirilgan: "Britaniya fuqarolarining uchdan bir qismi aroqdan qo‘llar uchun sanitayzer sifatida foydalanish mumkinligiga ishonishadi". Aroq (!) — ruslar aybdorligini isbotlash uchun yana qanday dalil kerak? Britaniyaliklarga bunday fikrni boshqa hech kim singdirolmasa kerakda. Bu "Rossiya bo‘yicha mutaxassislar" aroqni kim bizda ichki emas, tashqi foydalanish uchun taklif etgani borasida havolalarni keltirishmagani chindan afsuslanarli lekin.

Koronavirus G20 sammitini shikastladi. Biroq G‘arb Rossiya vaksinasiga toqat qilmaydi

Yevropa Komissiyasi Rossiyaga qarshi rasmiy ayblovlar uchun asos sifatida foydalangan ma’lumotlar bazasining shunchaki yuzaki tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bu "dalillar"ning ko‘pi allakimlarning shaxsiy fikri yoki bizning davlatga umuman aloqasi bo‘lmagan manbalarga bo‘lgan havolalardan iborat. EUvsDisinfo shaxsiy xulosalari ham aksariyat holatlarda reallikka mutlaqo aloqasi bo‘lmagan subyektiv fikrlardan tashkil topgan.

Ularni hattoki, EUvsDisinfo "kremlparast" sifatida baholagan fikrlar Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan tanqid qilib kelinishi haqidagi fakt ham qiziqtirmaganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Masalan, dezinformatsiyaga qarshi yevropalik kurashchilar "epidemiyaga 5G-texnologiyalar rivojlanishi sabab bo‘lgan", degan fikrni faol ilgari surayotgan allaqanday xususiy YouTube-kanalga havola qilishmoqda. Ammo gap shundaki, bu kanal ushbu maxfiy nazariyani mudom kulgi ostiga olib kelayotgani uchun Rossiya davlat televideniyasiga muntazam tanqid bilan yopiriladi. Yevropalik fosh qiluvchilar mantig‘iga tayanadigan bo‘lsak, Rossiya davlat telekanallari "kremlparast nuqtayi-nazar" bilan ayovsiz kurashib kelmoqda ekan-da. Ammo negadirki EUvsDisinfo bunday xulosa bermagan.

G‘arbdan o‘rnak olishni bas qilish kerak - Sergey Lavrov

Ushbu "soxta kurashchilar" ning asosiy ish texnikasi tasavvur qilib bo‘lmas darajada oddiy: ular Rossiya tok-shousidagi biror bir ekspert fikriga yopishib olib, bu fikrni Kremlning o‘ta ziyonkor rejasi sifatida taqdim etishadi. Xuddi shu ko‘rsatuvda qarama-qarshi fikrlar ham yangrashi va bunday fikrlar hatto ko‘proqligi haqida fakt esa shunchaki e’tiborsiz qoldiriladi. Qarama-qarshi fikr aytgan ekspertdan iqtibos keltirib, u "Kreml fikri" sifatida taqdim etilsa - siz butkul boshqacha kartinaga ega bo‘lishingiz turgan gap.

Doklad mualliflarini ular tomonidan taqdim etilayotgan "dalillarning" bir-biriga zidligi hech qachon bezovta qilmagan. Xususan, "Rossiyaning koronavirusga doir dezinformatsiyasi" bo‘yicha dokladlarning birida mualliflar Rossiya davlat OAVlari "Xitoyni xalqaro tanqiddan ochiqchasiga himoya qilishayotganini" ma’lum qilishgan. Bu ta’kidga dalil sifatida esa RIA Novostida keltirilgan Dmitriy Peskov so‘zlari tirkab qo‘yilgan. Peskov o‘z gapida COVID-19ning sun’iy kelib chiqishi haqidagi maxfiy nazariyani rad etgan bo‘lgan.

Tramp vaksinasi

Shu bilan birga, EUvsDisinfoning jamiki hisobotlarida Rossiyaga qarshi tinimsiz yangrab kelayotgan asosiy "ayblovlardan biri" - virusning sun’iy kelib chiqishi haqidagi nazariya — bu "takrorlanuvchi kremlparast dezionformatsion narrativ"dir. Ya’ni, bundan kelib chiqaptiki, Peskov ham "kremlparast narrativga" qarshi chiqmoqda. Aftidan, "axborot spesnazi" - Kreml nima haqda o‘ylashini belgilovchi yagona organga o‘xshaydi.

Rossiya dezinformatsiyasiga qarshi kurashuvchi Yevropalik kurashchilardan yana bir misol.

Oktabr oyida ular Rossiya OAVlariga tayangan holda, oxir-oqibat Ukraina hukumati Rossiya vaksinasidan voz kechib, "Rotterdam+" ga o‘xshash sxemada vaksinani Yevropada qayta sotish sxemasi orqali boyishlari haqida taxminlarni e’lon qilishgan edi ("Rotterdam+" sxemasida Rossiyagya gazi Ukrainaga Yevropa gazi ko‘rinishida olib kirilgan).

EUvsDisinfo ushbu taxminlarni keskin rad etib, o‘z o‘quvchilaridan (Yevrokomissiyadan ham shu jumladan) Rossiya OAVlari faqatgina ukrainalik bloger Anatoliy Shariy dan va uning Ukraina telekanaliga bergan intervyusidan iqtibos keltirganini aytadi.

Aftidan "Rossiya feyklariga qarshi kurashchilar" bunday "mayda-chuydani" e’tiborga moli hisoblashmagan.

Tabiiy gaz eng istiqbolli yonilg‘i bo‘lsa, nega 2020-yilda uning narxi pastligicha qolmoqda?

Agar bu haqda xabar berilganida - yevrokomissar Yurova mantig‘iga asosan, Ukrainaga sanksiya qo‘llashga to‘g‘ri kelardi.

Yevrokomissar dokladida Rossiyaga qarshi qat’iy ayblovlar yangrashiga asos bo‘lgan "rossiya dezinformatsiyasi ma’lumotlar bazasi" xuddi mana shu kabi gap yashirishlar, montaj, havolalarning berilmasligi, birinchi manbaga havolalarning yo‘qligi, ochiq manipulyatsiyalardan iborat.

Bundan tashqari, East Stratcom Task Force xabarlarining aksariyati Rossiyaning koronavirus vaksinasiga qarshi asossiz (soxta, deb o‘qing) ayblovlarni o‘z ichiga oladi.

Yevropa Komissari Yurova "Rossiya dezinformatsiyasi"ga qarshi kurashda qat’iy choralarni ko‘rish bilan qo‘rqitar ekan, G‘arb jurnalistlarini: "Biz "haqiqat vazirligi"ga aylanishni rejalashtirmayapmiz, deya "tinchlantirdi". Bir paytning o‘zida: "Yangi texnologiyalar dezinformatsiya emas, balki emansipatsiya vositasi bo‘lishi kerak. Men saylovlarning nopok usullar raqobatiga aylanishini istamayman. Biz Cambridge Analytica va Breksit bo‘yicha referendumni yetarlicha tomosha qildik", deb qo‘shib qo‘ydi.

“Sputnik V”: 50tadan ortiq davlat vaksinani sotib olish uchun buyurtma berdi

Shu gapni bekor aytdi. Chunki bu bilan yevropalik amaldorning o‘zi ochiqchasiga soxtakorlikka yo‘l qo‘ydi, sababi Rossiyaning Breksitga aralashishiga oid barcha ayblovlar asossiz bo‘lib chiqqan. Masalan, yaqinda Buyuk Britaniya sudi The Observer jurnalisti Karol Kadvalardni Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun kampaniya homiysi bo‘lgan Arron Banksdan uzr so‘rashga majbur qildi, jurnalist bir necha yil davomida Arronni "Kremlga ishlaganlikda" asossiz ayblab kelgan edi. Ammo, ko‘rib turganingizdek, Yevropa komissarlari Britaniyaning referendumiga kimdir aralashgan, degan yolg‘on naqlni tarqatishda davom etishmoqda.

Va shu yerda Yurova tomonidan aytilgan so‘zlar ma’nosi oydinlashmoqda: Yevrokomissiya chindan ham "haqiqat vazirligini" yaratishni rejalashtirmayapti. Yevropa Ittifoqining rasmiy bo‘linmasidan Rossiyaga qarshi bo‘layotgan axborot kampaniyasining jirkanch usullariga qaraganda, Brussel allaqachon o‘z "yolg‘onlar vazirligi" ni yaratgan, deya taxmin qilish mumkin. Hatto Oruellning ham bu aqli yetmasligi aniq edi.