Kuni kecha AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo "so‘nggi bir yil ichida erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha "Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati" (Special Watch List)dan chiqarilgani" e’lon qilgan edi.
Ekspert ta’kidiga ko‘ra, hammasi ravshan. Shunchaki, amerika ma’muriyati O‘zbekistonga tilog‘lamalik qilmoqda, bundan ko‘zlangan maqsad esa iqtisodiy islohotlar jarayonida o‘zining siyosiy kun tartibini "o‘tkazib olish". Ya’ni AQSh bunda siyosiy tizimning liberallashuvini ko‘zlamoqda.
Grozinning so‘zlariga ko‘ra, AQShda O‘zbekiston yangi rahbar boshqaruvida amerika ta’siri kengayishi uchun istiqbolli, degan ritorika yangramoqda. Bu borib turgan pragmatizm, boshqa hech vaqomas, deydi ekspert.