Erdog‘anning Bokudagi paradga kelishi nimani anglatadi

Bokuda Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alabaga bag‘ishlangan harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Paradda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning qatnashishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Bokuda 10-dekabr kuni o‘tkaziladigan harbiy parad Tog‘li Qorabog‘dagi Ozarbayjon zafari va Turkiyaning mintaqaviy harbiy muvaffaqiyatidan darak beradi. Paradda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning qatnashishi Janubiy Kavkaz va Kaspiybo‘yi mintaqasida  NATO ta’siri kengashishini ifodalaydi.

Tog‘li Qorabog‘ni minalardan tozalash istiqbollari

Bokuda Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alabaga bag‘ishlangan harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Marosim 10-dekabr kuni 3000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar va 150 donaga yaqin jangovar texnika ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, paradda “Vatan urushi vaqtida” dushmandan tortib olingan harbiy yutuqlar qismi taqdim etiladi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Respublikasida G‘alaba kunini belgilash to‘g‘risida farmon berdi. Davlat OAVlari bu g‘alabani ko‘p asrli milliy tarixdagi eng muhim voqea deb ta’riflashmoqda. Ozarbayjon davlat axborot agentligi yozmoqda: “Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning G‘alaba Paradidagi minbarda faxriy mehmon sifatida qatnashishi – bu turk birodarligining ko‘rinib turgan tasdig‘i”.

Erdog‘an Putinga Qorabog‘ bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi

Avvalroq Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar harbiylarga ta’lim berish, jumladan, qo‘shma mashg‘ulotlar shaklida Ozarbayjonga yordam berish davom ettirilishi haqida gapirgandi.  Shunga qaramasdan Anqaraning arman tomoni bilan qurolli to‘qnashuvdagi qardoshlik ko‘magini unchalik ideallashtirmaslik zarur. Turkiya Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotining a’zosidir. Tashkilotning asosiy vazifasi kuchlarni proyeksiya va sayyoradagi energiya resurslarini nazorat qilishdir, Ozarbayjonning esa juda ko‘p neft va gazi bor.

Jangovar birodarlik

Qorabog‘da 44 kun davom etgan jangdan so‘ng Ozarbayjon va Armaniston Rossiya vositachiligida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga kelishib oldi. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari ish olib bormoqda, o‘q ovozi eshitilmaydi, lekin vaziyat to‘liq barqarorlashiga qadar ancha vaqt bor.

Parallel ravishda Ozarbayjonda Qorabog‘dagi vaziyatni monitoring qilish uchun rus-turk qo‘shma markazi tashkil etilmoqda. Turk saporlari bo‘linmalari ozarbayjonlik hamkasblariga minalardan tozalashda yordamlashmoqda. Umuman olganda Janubiy Kavkazda Turkiyaning harbiy siyosiy ta’siri sezilarli oshdi. Uni Markaziy Osiyo mamlakatlariga kengaytirishga urinish ehtimoli ham bor.

Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar operatsiya reytingi

Avvalroq Sputnik jangovar harakatlarda ishtirok etgan suriyalik turkparast jangari turkomanlar (turklarni xush ko‘ruvchilar) Tog‘li Qorabog‘da joylashishi ehtimoli haqida yozgandi. Ular sulh to‘g‘risidagi bitim imzolangan so‘ng ham vataniga qaytishga shoshmayapti. Bundan tashqari, Turkiyaning “ikki mamlakat – bir xalq” tashqi siyosiy konsepsiyasi to‘g‘ri va mustahkam bo‘lsa, “ikki mamlakat – bir armiya” va yagona qo‘mondonlik markazi mantiqli davom bo‘ladi. Mintaqadagi “katta og‘asi” Erdog‘anning iqtisodiy va harbiy siyosiy manfaatlarini himoya qilish uchun ozarbayjon tomoni alyansga kirish yuridik rasmiyatchiligiga to‘liq rioya qilish shart emas. Ehtimol, munosabatlarning banday ko‘rinishida Ozarbayjon bir oyog‘i bilan allaqachon NATOda turibdi. Anqara o‘tmishdagi Usmoniylar imperiyasi buyukligini qayta tiklashga intilmoqda. Brussel va Vashington bavosita (Anqara orqali) mushkul va qaynoq mintaqada Ozarbayjon armiyasini “boshqarish” nafsiga dosh bera oladimi?

Iqtisodiy bosim

Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik – Rossiya uchun bu qanchalik og‘ir yuk?

Turkiya 9-noyabrdagi bitimni rasman ma’qulladi, biroq Rossiya tinchlikparvar kuchlari amaliyoti umidlarini puchga chiqardi. Qorabog‘ ustidan to‘liq nazoratni qaytarish vazifasi hal qilinmagan. Anqari Ozarbayjonga qo‘shin yuborishga hozir. Bu turk parlamenti qarori bilan kelajakda amalga oshirilishi belgilangan. O‘ylaymanki, turk armiyasidagi ko‘pchilik Rossiya harbiy xizmatchilari ulardan g‘alabani “o‘g‘irladi” deb hisoblashadi. “National Interest” AQSh nashri yozadi: Ozarbayjonliklar 10-noyabrni Qorabog‘ urushida Armaniston ustidan qozonilgan g‘alaba kuni sifatida nishonlashadi. Biroq zafarning sarxushlik hissi o‘tmishda qoladi, ular bu haqiqiy Ozarbayjon mustaqilligining yakuni boshlanishi ekanini tushunishadi”. Ammo Erdog‘anning “neousmoniylar orzusi” ozarbayjonliklar baxtiga hozircha iqtisodga urilib parcha-parcha bo‘lmoqda. Suriya, Liviya, Iroq, Sharqiy O‘rta Yer dengizi va Janubiy Kavkazdagi harbiy amaliyotlar arzonga tushmayapti.

Turkiya nega Ozarbayjonga qo‘shin kiritmoqda?

Turkiyaning tashqi qarzi 421 mlrd dollarga yetdi, shundan 181 milliardi bir yil ichida to‘lanishi lozim. So‘ngi uch oy ichida turk lirasi dunyo valyutalariga nisbatan 15 foizga (yil boshidan buyon 25 foizga) arzonlashdi. Turkiya eksporti koronavirus epidemiyasi sabab birinchi yillikda 26 foizga quladi. G‘arb tahlilchilari qiyin iqtisodiy vaziyatda Anqara ertagayoq Bokudan Qorabog‘dagi harbiy yordam evaziga arzon energiya resurslari tariqasida tovon talab qilishini istisno qilishmayapti. Bu yerda strategik ziddiyat pinhon, axir Ozarbayjon oldinda turgan 5-yillikda, avvalo, qayta qo‘lga kiritgan yetti tumanlarni qayta tiklashi va obod qilmog‘i zarur (bunga 10 milliard dollarcha mablag‘ kerak bo‘ladi). Ozarbayjon OAVlari 9-noyabrdan keyin milliy armiyaning mustaqilligi va Bokuning Tog‘li Qorabog‘dagi mustaqil harbiy g‘alabasiga e’tibor qaratayotgani bejiz emas. Boshqa tomondan, Rossiyaning strategik manfaatlarini inobatga olish darkor. Janubiy Kavkazdagi katta o‘yin davom etmoqda.