Lukashenko “sandiroqlab yurgan barcha ishoqmaslarni” ishlashga majburlashni topshirdi

Belarus prezidenti sandiroqlab yurgan ishoqmaslarni ro‘yxatga olish va ular ishlashga majburlashni buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko iqtisodiyot masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda hukumat oldiga barcha ishsizlarni ishga joylashtirish vazifasini qo‘ydi.

“Zudlik bilan ishsizlarni ishga joylashtirish bilan shug‘ullaninglar. Militsiya organlari bilan: kimni lozim bilsangiz jalb qiling. Zudlik bilan sandiroqlab yurgan ishoqmaslar ro‘yxatga olinsin va ular ishlashga majburlansin”, - dedi Lukashenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus agentligi iqtibos keltirgan.

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora ommabop emas, lekin usiz ish bo‘lmaydi.

Lukashenko Makronga musulmonlar bilan munosabatda vositachilikni taklif qildi

“Bugun ishlamayotgan, sanqib yurgan kishi – bu ko‘chadagi shunchaki “prostestun” emas, bu bizga har kuni, har hafta, har oy jinoyat tashlab qo‘yadigan bo‘lajak jinoyatchidir”, - dedi u.

Shuningdek, prezident davlat bu jinoyatlarni fosh qilish uchun “katta mablag‘” sarflashga majburligi, keyin qamoqqa tushgan shaxslarni saqlash uchun mablag‘ sarflashini ta’kidladi.

“Yana bir bor takrorlayman: barchani ishlashga majburlang, har bir kishining ishlashi kerak bo‘lgan bunday ishoqmaslar ro‘yxati bo‘lishi shart”, - deya xulosa qildi Lukashenko.