Rospotrebnadzor klapanli niqoblarning xavfi haqida ogohlantirmoqda

Ekspert tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ushbu himoya vositasi koronavirus tarqalishining oldini olishga to‘siq bo‘lolmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Mutaxassislar odamlar koronavirusga qarshi individual himoya vositasi (IHV)sifatida foydalanadigan klapanli niqoblar xususiyatlari haqida so‘zlashdi.

Himoya niqobi qanday taqiladi - shifokor maslahati

Bu haqda Rospotrebnadzor SNII epidemiologiya molekulyar diagnostika markazi yetakchi eksperti Mixail Lebedev RIA Novostiga so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, bunday IHVni faqatgina mediklarga taqish tavsiya etilgan.

"Bu niqoblar shifokorlarga ular kasbiy vazifalarini bajarishlari uchun kerak, chunki ular nafas chiqarishni yengillashtiradi. Kasallangan odam esa o‘zidagi barcha viruslarni atrofdagilarga tarqatayotgan bo‘ladi", - dedi Lebedev.

Indoneziyada niqob taqmaganlar tobutga yotqizib qo‘yilib jazolandi

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Garbda ayrim aviakompaniyalar klapanli niqob taqqan yo‘lovchilarni samolyotga chiqarmay qo‘yishganini qo‘shimcha qildi.

Agar ekspert tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ushbu himoya vositasi koronavirus tarqalishining oldini olishga to‘siq bo‘lolmaydi.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, kundalik himoya uchun bir marta ishlatiladigan niqoblardan foydalanishning o‘zi yetarli, faqat ularni har ikki-uch soatda almashtirib turish lozimligi unutilmasa bo‘ldi.