Himoya niqobi qanday taqiladi - shifokor maslahati

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPassajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve
Passajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Himoya niqobining rangli tomoni tashqarida bo‘lishi kerakmi? Ayrim shifokorlar niqobni qanday taqishning farqi yo‘q deb hisoblaydi, lekin boshqalar esa oq tomoni va rangli tomoni turli vazifa bajarishiga ishonadi. 

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiyalik taniqli shifokor Aleksandr Masnikov tibbiy niqobning qaysi tomoni bilan taqishning farqi yo‘q deb hisoblaydi, asosiysi u burunga yopishib tursa bo‘ldi.  

Niqob ishlab chiqaruvchilar esa - ikkala tomonining farqi bor deb hisoblaydi. Ular aytishiga ko‘ra, niqobning har bir qatlami o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, qulaylik va taqish uzoqligiga ta’sir qiladi. 

Xususan, uning qalin oq qatlami tashqi muhtdan himoya qiladi, namlikni so‘rib oladi va niqob ichida bug‘ paydo bo‘lishini oldini oladi. Rangli qatlam esa - aksincha namlikni o‘ziga tortmaydi va inson yuzini va nafas yo‘lini tashqaridagi zarali tomchilardan himoya qiladi.  

Shu sababli niqobning rangli tomonini (ko‘k yoki yashil) tashqariga qilib taqqan ma’qul. Oq tomoni esa burunga yopishib turishi kerak. 

Yangiliklar lentasi
0