Avstraliya oxiri Xitoyni o‘z dushmaniga aylantirdi - ekspert

O‘zini Osiyoda Yevropa v.b. deb bilgan va AQShga qo‘shilib Xitoyni tanqid qilgan Avstraliya uchun XXR javob zarbasi og‘riqli bo‘ldi.
Sputnik

Xitoy-Avstraliya munosabatlarida og‘ir krizis kundan kunga kuchayib bormoqda.Yo‘l-yo‘lakay unga bobshqa davlatlar ham qo‘shilimoqda. Britaniya hukumati ham “asosiy manfaat va qadriyatlarni himoya qilish maqsadida” Hamdo‘stlik a’zosini himoya qilishni va’da berishdi. AQSh bo‘lsa Xitoyni “yolg‘on ma’lumotlar va qalbaki suratlar tarqatishda” aybladi.

G‘arbning bunday reaksiyasiga – Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy Tvitterida chop etilgan kollaj fotosurat sabab bo‘ldi. Unda avstraliyalik askar Afg‘onistonda yosh bola bo‘yniga pichoq tirab turgani aks etgan. Surat ostida “Biz Afg‘onistonda tinch aholi va asirlar o‘ldirilishida shokka tushdik” deb yozilgan va aybdorlarni sudga tortish talab qilingan.

Hammasi qanday boshlangan edi

Ikki davlat munosabatlari buzilishi ikki yil oldin boshlangan edi. O‘shanda Osiyo hududida “G‘arb” vazifasini bajaruvchi rolini olgan Avstraliya o‘z xizmatini mag‘rur olib borar edi.  Donald Tramp Xitoyni o‘z tashqi siyosatining asosiy nishoniga aylantirganida, Kanberra endi boshlanayotgan iqtisodiy va siyosiy urushning old qatorida bo‘lib qoldi va ishtiyoq bilan “jangga” kirishdi.

AQSh aviatsiyasi Afg‘onistondagi tinch aholi bo‘ylab zarba berdi

2018 yilda Avstraliya hukumati Huawei kompaniyasiga o‘z hududida, milliy xavfsizlikni vaj qilgan holda, 5G tarmoqlari o‘rnatishni ta’qiqlab qo‘ydi. Keyinchalik ham har bir qulay sharoitda ular Xitoyga zarba berishga harakat qilib kelishdi.

Xususan ular Xitoyn Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida inson huquqlari buzilishida ayblashdi, Gonkongdagi norozilik namoyishlari qo‘llab-quvvatladi va Xitoyni o‘z hududida tartib o‘rnatishga qaratilgan harakatlari uchun jazoga tortishni talab qilayotganlar qatoriga qo‘shildi. Shuningdek, Avstraliya Xitoy hukumatini COVID-19 tarqalishga oid ma’lumotlarni yashirishda o‘ta salbiy munosabat bildirgan edi.

Ushbu yil bahoriga kelib, oxiri Pekinning toqati toq bo‘ldi va u quyushqondan chiqib ketgan qo‘shnisini hushini o‘ziga keltira boshladi. Zarba eng muqarrar tomondan – iqtisod yo‘nalishida berildi.

Javob zarbasi 

Dastlab, avstraliyalik eksportorlarda alohida tovarlar bo‘yicha muammolar boshlandi. Xitoyga yog‘och, paxta, mol go‘shti, lobster va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi eksportorlar goh u goh  bu muammolarga duch kela boshlashdi.

Xitoy AQShni neftni qayta ishlashda siqib chiqardi: bundan Rossiya yutadimi?

Keyinchalik tizimli chorlara ham qo‘llanila boshlandi: xususan arpa importiga 80%li bojlar o‘rnatildi, keyinroq esa vino sanoatiga qaqshatqich zarba berildi. Xitoy Avstraliya vinolariga 107,1 - 212,1 foizgacha qo‘shimcha soliqlar kiritdi. Aytish joizki Avstraliya vinosining 40% Xitoyga jo‘natilishini hisobga olganda – bu qaqshatqich zarba bo‘ldi. Buni orol mamlakatning savdo vaziri Saymon Birmingem ham aytib o‘tdi.

Endi bo‘lsa Avstraliya hukumati JST va boshqa xalqaro muassasalarga Pekin sanksiyalarini “asoslanmagan, nohaq va siyosiylashgan” deb arz-dod qilmoqda.

Ustiga ustak ayni shu damda Avstraliya askarlarning Afg‘onistonda tinch aholiga nisbatan amalga oshirgan jinoyatlari fosh bo‘ldi. V Pekin bunga o‘z munosabatini bildirdi.

Avstraliyada ikki haftadan buyon katta mojaro muhokama qilinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 2006-2016 yillarda Afg‘onistonda NATO qo‘shinlari tarkibida xizmat qilgan Avstraliya maxsus elita bo‘linmasi SASR askarlari, askarlikka qabul qilish rituali doirasida, bir necha tinch aholi vakillarini, jumladan ayollar va bolalarni shafqatsiz qatl qilishgan. Ya’ni bu bir necha marotaba sodir bo‘lgan jinoyat emas, qandaydir doimiy ravishda takrorlanib turgan qonli an’analar tizimi bo‘lgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, Avstraliya yuqori armiya va siyosiy rahbariyati ushbu jinoyatlardan xabardor bo‘lganmi? Balkim ular buni yillar davomida yashirib kelishgan?

Bizni nega urishayapti

Aynan mana shu faktlar asosida Xitoy TIVi o‘z tvitterida afg‘on bola bo‘yniga pichoq tirab turgan avtrasliyalik askar kollaj suratini chop etgan. Bu esa Kanberra va ayrim g‘arbiy poytaxtlarda haqiqiy jazava uyg‘otdi.

Xitoy to‘rt nafar AQSh amaldorlariga qarshi sanksiya kiritadi

Bunday tutqanoqli reaksiya G‘arb uchun yangilik emas. U yerda har doim  tanqid va umuman G‘arbning siyosiy yetakchi va ma’naviy etalon ekaniga shubha uyg‘otuvchi har qanday xabarga ana shunday munosabat bildiriladi.

Ushbu tanqidga Avstraliyaning munosabatini kuzatish ham qiziqarli. Yillar davomida Xitoyga qarshi siyosat yuritib kelgan ushbu davlat, qayta berilgan zarbani anoyi kabi tushunmayapti va bunday “nohaqlikdan” norozi bo‘lmoqda.

Pekin bo‘lsa o‘z niyatlarini hech kimdan yashirgani yo‘q. Ikki hafta oldin Xitoyning Avstraliyadagi elchixonasi OAVlarga ikki davlat munosabatlarini zaharlayotgan 14ta sabab qayd etilgan ro‘yxat sizdirilgan edi. O‘z ismini aytishni istamagan amaldor esa, “Agas siz Xitoyni dushman qilsangiz, u sizning dushmaningizga aylanadi”, - deb gapning po‘stkallasini aytgan edi.

Albatta bunday harakat ostida xitoyliklar tomonidan Avstraliya hukumatini sog‘ aqlga qaytarish harakatlari turibdi. Xitoy pragmatik davlat, yon qo‘shnisi bilan mafkuraviy sabablarga ko‘ra dushmanlik qilishni istamaydi.

Xitoy qashshoqlikni falsafa yordamida yengdimi?

Bunday ishlarda, albatta, Rossiyaning tajribasi ko‘proq. Biz Xitoyga bekorga umid qilayapsizlar deb aytishimiz mumkin.  

Rossiya ko‘p yilllar davomida o‘zining Boltiq bo‘yidagi qo‘shnilarida ana shunday xulq atvorni kuzatib kelmoqda. O‘tgan haftra Latviya transport vazirligi Moskvaga tranzit yuklar oqimini tiklashni so‘rab murojaat qilgan edi. Bu yil ushbu ko‘rsatgich 56%ga kamaydi.

Lekin ular o‘z iqtisodini mutlaq barbod qilsa ham, o‘zlarining rusofob siyosatidan voz kechmaydi, bosiq va sog‘lom siyosatga qaytmaydi.

Shu sabab Xitoy ham Avstraliyadan sog‘lom aqlga qaytishini kutishi befoyda, chunki ular o‘z xatolarini tushunib yetishi amri mahol.