TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Yuqori malaka toifadagi endokrinolog Yelena Gubkina kartoshkani pishirish va iste’mol qilish usullari yuzasidan fikrlarini bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kartoshkani po‘chog‘i bilan iste’mol qilmaslik kerak, chunki unda tuproq va havodan zararli moddalar to‘planadi.
"Shuningdek, kartoshkani juda yuqori haroratda pishirmaslik kerak", - deydi mutaxassis.
Bunda qovurilganidan so‘ng sabzavot yog‘ va toksinlar bilan to‘yinadi, tozalangan kartoshkani qaynatish yoki bug‘da pishirish yaxshiroq, chunki bu holda sabzavot maksimal miqdorda ozuqa moddalari - kaliy, natriy, B6 vitaminini beradi.
Shifokor sog‘liqqa zarar bo‘lmasligi uchun 200-300 gramm kartoshkani haftasiga 2-marta iste’mol qilishni tavsiya qildi.