Quyosh Yerga qachon xavf solishni boshlaydi - Rossiya FA javobi

Obuna bo‘lish
Rossiya Fanlar akademiyasi kosmik tadqiqotlar instituti direktori Quyosh Yerga qachon xavf solishni boshlashini ma’lum qildi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Quyosh o‘z umrining yarmini yashab bo‘ldi va bir necha yuz million yildan so‘ng haddan tashqari issiqlik bilan Yerga xavf solishni boshlaydi, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar instituti direktori Anatoliy Petrukovich. RIA Novosti xabariga asosan.

Mujchina neset produkti dalnoboyshikam - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
"Bizning yulduz paydo bo‘lganda, hozirgiga qaraganda sovuqroq bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan u asta-sekin qizimoqda va undan chiqayotgan nurlanish oqimi o‘smoqda. Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, Quyosh bir necha yuz million yildan so‘ng, Yerga tahdid sola boshlaydi, chunki undan keladigan issiqlik oqimi, Yerning zamonaviy iqlimi uchun ortiq darajada ko‘p bo‘ladi", - dedi olim.

Biroq, insoniyat bu muammoni qandaydir tarzda hal qilish uchun, masalan, atmosferani tartibga solish yoki Yerdan uchib ketish uchun juda ko‘p vaqtga ega.

Petrukovich ta’kidlashicha, Quyosh taxminan 4,5 milliard yil yashadi va hozirgi holatida yana shuncha miqdorda vaqt bo‘ladi. "Bu shunday yulduz uchun odatiy hayot sikli. So‘nggi bosqichga kelganda, u qizil gigantga aylana boshlaydi, kengayadi va hatto Yerni yutib yuborishi mumkin", - deb qo‘shimcha qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0