TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV) qarshi vaksina prototiplari borligini ma’lum qildi.
“Rossiya OIV infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarishda anchadan buyonishtirok etib kelmoqda. Bizda o‘zimizning prototiplarimiz bor, bizda o‘zimizning vaksinalarimiz bor”, - dedi u. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Noyabr oyi oxirida Rossiya SSV OIV infeksiyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi bu kasallikning oldini olishga mo‘ljalllangan preparat yaqin yillarda paydo bo‘lishi umid bildirgan edi.
OIV kasalligi odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. OITS orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, OIV kasalligining so‘nggi bosqichi hisoblanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988-yilidagi qaroriga asosan, 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.
Inson ilk bor OIVni immunitet yordamida yengdi
O‘zbekistonda 2020-yilning 1-noyabr holatiga OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda.
Mamlakatda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63 ta tumanlararo laboratoriyalardir. Ushbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PSR, immunologik, klinik, biokimoviy va bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.