Xitoy to‘rt nafar AQSh amaldorlariga qarshi sanksiya kiritadi

Xitoy AQShning xatti-harakatlariga javoban to‘rt nafar shaxsga nisbatan saksiya joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Xitoy Gonkong tufayli AQShning to‘rt nafar mansabdor shaxslariga nisbatan sanksiya qo‘llaydi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin brifingda ma’lum qildi.

Xitoy o‘z suverenitetiga xavf solayotgan davlatlarni "ko‘zsiz qoldirish" bilan po‘pisa qildi

Avvalroq AQSh kuni kecha Gonkong masalasi tufayli to‘rt nafar xitoylik amaldorga qarshi sanksiya kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

“AQShning xatti-harakatlari Gonkong ishlari va Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashish hamda xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar meyorining jiddiy buzilishidir. Biz buni qattiq qoralaymiz va bunga qarshimiz”, - dedi diplomat. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning xato xatti-harakatlariga javoban Xitoy tomoni to‘rt nafar shaxsga nisbatan sanksiya joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan”. Ularga Xitoy, Gonkong va Makaoga kirish taqiqlanadi.