O‘zbekistonda 1-dekabrdan internet-kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi

Final Kubka Rossii po kompyuternim igram 2005
har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, 2020-yilning 1-dekabridan O‘zbekistonda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi, deya xabar bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Dalnemagistralniy shirokofuzelyajniy passajirskiy samolet Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo
Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi

Bunda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:

fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;

har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda mijozlarni obyektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;

har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo‘yildi.