TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiyaning litsenziyaga ega aviakompaniyalari 12ta mamlakatga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldilar, deb xabar bermoqda Rosaviatsiya.
Federal havo transporti agentligi ta’kidlashicha, bunday ruxsatnomalarni berish to‘g‘risidagi qaror buyruqda ko‘rsatilgan xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar yaqin vaqtda qayta tiklanishini anglatmaydi. Ruxsat - bu aviakompaniya boshqa mamlakatlar bilan parvozlar qayta tiklanganida u foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqdir.
Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekiston, Belarus, Isroil, Livan, Marokash, Ummon, Slovakiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Kuba, Kipr va Maldivlarga parvozlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan.
Ta’kidlanishicha, shuningdek: Novosibirsk – Buxoro, Yekaterinburg – Buxoro, Krasnodar – Qarshi, Moskva – Navoyi, Sankt-Peterburg – Nukus, Yekaterinburg – Urganch, Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishlarda parvozlar qayta tiklanishi mumkin.
Sal avval "Ural avialiniyalari" Toshkentdan Moskvaga ikkita parvozni (16 va 23-noyabr kunlari) amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. 23-noyabrga chiptalarni Toshkent, Shota Rustaveli, 28-uy manzilida joylashgan HRG Radius Travel aviakassasidan (mo‘ljal: №160 maktabning ro‘parasi, eski "Okean" do‘koni) xarid qilish mumkin.