TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlik ustida ushlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, gap Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. haqida bormoqda.
U fuqaro Sh.A.ning turmush o‘rtog‘ini Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga 30 000 AQSh dollar talab qilgan.
U bu ishni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali bajarmoqchi bo‘lgan.
Pulning uchdan bir qismini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.