Dunyoda eng ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan ushbu mamlakat bunga qanday erishgani haqida Dmitriy Kosirev maqolasida tanishing.
Ma’lum bo‘lishicha yil boshida qashshoq uyezdlar soni 832ta bo‘lgan. Ularning aksariyati Sinszan, Sichuan va boshqa provinsiyalarda joylashgan. Ushbu ma’lumotlarni BMT oziq-ovqat dasturi eksperti doktor Mattias Xoluort ham tasdiqlamoqda. Uning aytishiga ko‘ra, so‘nggi yilda dunyoda yengilgan qashshoqlining 70 % Xitoyga to‘g‘ri keladi. Jami hisobda Pekin 700 mingdan ortiq kishilarni qashshoqlikdan chiqargan.
Xitoycha qashshoqlik o‘zi nima?
Xitoy iqtisodchilari raqamlari miqyosida bu shunday ko‘rinishga ega – yiliga 11487 yuandan (1740 $) kam daromad olgan kishi qashshoq hisoblanadi. Bundan ko‘proq daromad oladiganlar esa – oddiy kambag‘allar hisoblanadi. Endi Xitoy qashshoqlik bilan emas – kambag‘allik bilan kurashadi.
Kimgadir bu raqam juda kam ko‘rinishi mumkin, lekin xitoylik mutaxassislar mamlakatdagi oziq-ovqat va iste’mol mollari, turar joy xarajatlari va boshqalardan kelib chiqqan holda qashshoq bo‘lmaslik uchun qancha daromad olish kerakligini hisoblab chiqishgan.
Foreign Affairs yozishiga ko‘ra, AQSh ekspertlari bo‘lsa, “Xitoy oldida qiladigan ishlari hali ko‘p” deb hisoblashmoqda. Albatta ularning gapida ham jon bor. Rivojlangan davlat miqyosida bu raqamlar juda kam ko‘rinadi.
Lekin, Xitoy tajribasiga diqqat bilan nazar solganda qiziq va namunali manzaralar guvohi bo‘lish mumkin. Albatta ushbu uslublarning ayrimlari faqat Xitoyga xos bo‘lishi mumkin.
Xitoy tajribasi
Xitoy xaritasiga diqqat bilan nazar solganda eng kambag‘al viloyatlar yirik sanoat va biznes markazlaridan uzoq bo‘lgan, tog‘li va yetib borish qiyn bo‘lgan hududlarda joylashganini ko‘rish mumkin. Ushbu hududlarda kambag‘allikni yengishning eng samarali chorasi, bu u yerga yo‘l qurish bo‘lgan.
Undan tashqari resurslardan samarali foydalanish uslublari o‘ylab topilgan. Masalan “guruch – baliq” uslubi. Ya’ni guruch ekishda foydalanish rejalashtirilgan suv havzalarida dastlab baliq chavoqlari yetishtirilgan.
Uchinchidan, Xitoyda muammoni o‘z nomi bilan atash o‘rinli deb topilgan. Masalan, qashshoq oila uchun qurib berilgan uyda “qashshoq xo‘jalik” degan yozuv bo‘lgan. Bu ularni kamsitish maqsadida emas, balkim ularga ko‘rsatilgan yordam, qashshoqlikni yengishda qo‘llanilayotgan uslublar samaradorligini o‘rganish maqsadida qilingan. Ana shunday xo‘jaliklar yaxshi rivojlanib ketganda, qo‘shnilar kelib uning ish uslubini o‘rgangan.
Umumiy qilib aytganda bugun biz Xitoy hukumatining nafaqat so‘nggi 40-yillik harakatlar strategiyasi natijasini, balkim xitoy xalqining 1000-yillik tarbiyasi, jamiyatda yakkxonlikni targ‘ib qilish emas, balkim muammolarni birgalikda yengish falsafasi natijasini ko‘rmoqdamiz.
Oldin Xitoyda vaziyat boshqacha edi. Mao Dze Dun davrida daromad barchaga teng bo‘linar edi, hamma bir xil – kambag‘al yashardi. Hozir bo‘lsa – u yerda yordam o‘rniga, kishilarga o‘zlari ko‘proq daromad olishlari uchun imkon yaratilmoqda.
AQSh falsafasi
Yaqinda amerikalik jurnalistlardan biri Jenet Deyli Xillari Klintonning mashhur sitatalaridan birini esga olgandi. Klinton “Amerikaning aksariyat aholisini— basket of deplorables, ya’ni bir to‘plam axlat”, deb atagan edi. O‘shanda uning ushbu so‘zlari davlatdan yordam puli va turli nafaqa oladiganlarni umuman aholining kambag‘al qismini xafa qilgan edi. Ular orasida ham demokrat ham respublikachi bo‘lgan. Bayden ushbu xatoni takrorlamaslik uchun juda ehtiyotkor harakat qildi.
Umuman amerikada aholi falsafasi shunday: u yerda barcha o‘z hayotini kambag‘allikda boshlaydi, keyin yaxshi ishlasa – boy bo‘ladi. Agar biror kishi kambag‘al bo‘lsa – demak ayb o‘zida. Ularga davlat yordam berib turadi, ayniqsa saylovlar oldida ana shunday qatlamga munosabatlar faollashadi. Chunki nomzodlarga ovoz kerak.
Angliyada ham sanoati eskirib qolgan shaharlar, eskin konlar – kerak bo‘lmay qolganda butunlay unutib yuborilgan edi. Hech kim u yerda ishsiz qolgan fuqarlarga yordam berishni o‘ylamagan edi.
Jurnalist Jenet Deyli aholining kambag‘al qismini unutib qo‘ymaslik, muammolariga jiddiy qarash kerak deb hisoblaydi.