Turkiya nega Ozarbayjonga qo‘shin kiritmoqda?

Anqaraning “turk dunyosi” qurish orzusi bor. Kelajakda turk manfaatlarini Ozarbayjondan tashqariga – Kaspiy hududi va Markaziy Osiyo davlatlariga tarqatish istagi ham yo‘q emas.
Sputnik

Turk quchlarining tinchlikparvar operatsiya niqobi ostida Ozarbayjonga kiritilishi Anqaraning Janubiy Kavkaz va Kaspiybo‘yi hududida harbiy-siyosiy ta’sirini hamda Turkifning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish istagi bilan izohlasa bo‘ladi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun bir yil yetarli bo‘lmasa kerak. Biz NATOning sobiq SSSR hududida sharqona murakkab uslubda kengaygayishini kuzatmoqdamiz.

Tog‘li Qorabog‘: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya nimaga kelishib oldi

Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar 21-noyabr kuni mamlakat quruqlik kuchlari Ozarbayjonga harbiy-havo kuchlari yordamida Ozarbayjon hududiga yetib borish uchun tayyor ekanini bildirgan edi. Shu bilan birga Akar turk Qurolli kuchlari “xalqro maydondan yetakchilikka erishish yo‘lida o‘z tarixida eng murakkab davrlardan birini boshidan kechirayotganini” ma’lum qilgan edi.

Ozarbayjonga yuboriladigan turk qo‘shinlari tarkibi va soni hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Aytish joizki so‘nggi yillarda Turk armiyasining turli bo‘linmalari harbiy-texnik  hamkorlik doirasida Ozarbayjon hududida doimiy ravishda bo‘lib turmoqda. Rossiya-Turkiya  ishtirokida tuzilgan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish markazi faoliyati doirasida navbatdagi  ofitserlar guruhini yuborish uchun turkiya prezidenti farmonini yoki parlament muhokamasa talab qilinmasa kerak.

Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Anqara va Moskva 11-noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni nazorat qilish to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Ushbu hujjatda birgalikda tinchlikparvar qo‘shinlar tashkil qilish to‘g‘risida hech narsa deyilmagan. Lekin keyinchalik Ilhom Aliyev va Rajap Erdo‘g‘on “Turkiya qo‘shinlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan tinchlikparvarlik missiyasi” to‘g‘risida bir necha bor gapirishgan edi.

Moskvaning ushbu “qaynoq hudud”ga Turkiya qo‘shinlarini kiritmaslik to‘g‘risidagi iltimosini ikkala tomon ham unutganga o‘xshaydi. Ozarbayjon hududidagi Turkiya quruqlik qo‘shinlari Rossiya  bilan “monitoring” markazi doirasidagi hamkorlikdan tashqari yana biror narsaga tayyorgarlik ko‘rsayotgani yaqqol bilinmoqda.

Katta muvaffaqiyat 

Janubiy Kavkaz hududida Rossiya bilan yirik masshtabli mojaro uyushtirish uchun Turkiyada hech qanday sabab yo‘q. (muvaffaqiyatga erishish ehtimoli juda kam, lekin Anqara uchun salbiy oqibatlari esa - kafolatlangan). Lekin hududga ikki tomonlama hamkorlik doirasida yoki “tinchlikparvarlik bayrog‘i ostida” hududga sekin-asta kirib olish – samarali bo‘lishi mumkin. Bunda Bokuning yordami Qorabog‘ mojarosini hal qilishda Turkiya yordami uchun “to‘lov” bo‘lishi ham mumkin.

Aliyev Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatga sharh berdi

Tog‘li Qorabog‘ hududida Turkiya harbiylarining ishtiroki hech bir shartnomada ko‘rsatilmagan, jumladan Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya ishtirokidagi uch tomonlama shartnomada ham. Turk qo‘shinlarining Ozarbayjon hududida bo‘lishi qonuniy jihatdan postfaktum rasmiylashtirilgan. Rossiyalik ekspertlar xulosasiga ko‘ra, sentabr oxiridan boshlab Ozarbayjonda 1500ga yaqin turk harbiylari bo‘lgan. Maslahatchi sifatida  turk generallari va ofitserlari Ozarbayjon armiyasining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etgan – Bosh shtabdan boshlab polklar shtabi boshqaruviga qadar.

Anqara tomonidan faqat Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlash  Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Turkiyaga tinchlikparvar roliga davo qilishga yoki chegara chizig‘ini birgalikda nazorat qilish imkonini bermaydi. Lekin ayrim variantlar bo‘lishi mumkin.

Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Hozir Turkiya Ozarbayjonda mustahkam o‘rnashib olgan desak xato bo‘lmaydi. Kelajakda turk qo‘shinlari ushbu hududda ikki tomonlama shartnomalar asosida yillab qolishlari mumkin. Bu xalqaro huquqni buzmasa-da, lekin tinchlikni ham kafolatlamaydi.

Dunyoning hech qaysi davlati Tog‘li Qorabog‘ni tan olmagani sababli Boku va Anqarada Tog‘li Qorabog‘ning arman aholisiga nisbatan “har narsa qilish mumkin” degan fikrlar kelishi mumkin. Turkiya TIV “joylardagi alohida kuzatuv bo‘limlari” haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga Turkiyadan olib kelingan jangarilar Ozarbayjondan olib chiqilgani haqida ham ma’lumot berilmadi. Ushbu vaziyatda “ozarbayjon og‘alarining katta muvaffaqiyati”dan (Xulusi Akar iborasi) boshlari aylanib qolmasa bo‘ldi.

Kelajak rejalari

Anqara “turk dunyosi” qurish bo‘yicha global rejalarga ega. Kelajakda turk kuchlari va manfaatlarini Ozarbayjon chegaralaridan tashqariga, Kaspiy hududi va Markaziy Osiyo davlatlariga ham tarqatish ehtimoli yo‘q emas.

Erdog‘an – hammaga qarshi. Turkiya geosiyosiy tajriba o‘tkazmoqda

Ancha kuchli armiyaga ega bo‘lgan – 355 ming askar, 2600dan ortiq tank, 270 ta F-16 - ko‘p maqsadli qiruvchilari, Turkiya Global Firepower reytingida haqli 11 o‘rinni egallab turibdi. Shu bilan birga Turkiya uchuvchisiz qurilmalarni, samolyotlarni, raketa va tanklarni ishlab chiqarish bilan faol shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan 15-yil davomida Turkiya mudofaa sanoati korxonalari soni  56 tadan 1 500taga yetdi.

Turkiya hukumati harbiy-sanoat kompleksida 75 milliar dollarlik dasturlarni boshqarmoqda, ko‘plab xorijiy qurol aslaha sotib olinmoqda. Turkiya mudofaa budjeti 18 milliard dollarni yoki 2020-yil jami budjet xarajatlarining 13%ini tashkil qiladi.

Turkiya Suriya shimolida va Liviyada harbiy instrumentlaridan keng foydalanmoqda. Boshqa davlatlar manfaatlariga zid bo‘lishiga qaramasdan Turkiya O‘rta Yer dengizining katta qismiga da’vo qilmoqda. Yirik neft zahiralariga ega bo‘lgan Ozarbayjon – Turkiyaing agressiv va ekspansiv tashqi siyosati uchun rivojlanish maydoniga aylanmoqda.

Ushbu “inoqlashish”ning yana bir xavfli tomoni – bu Turkiya ortida Shimoliy alyans turganidir. Ular tajovuzkor Erdo‘g‘onni qayerda bo‘lmasin  har qanday mojaroda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Turkiya Kavkaz ortidan Rossiyani siqib chiqara oladimi?

Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘da tinch hayot tarzini yo‘lga qo‘yishga harakat qilayotgan bir vaqtda Turkiya Ozarbayjonda harbiy infratuzilmani rivojlantirishga va o‘zining Janubiy Kavkazdagi mojarodagi Harbiy ishtirokini tasdiqlashga harakat qilmoqda.

Anqaraning Qorabog‘ rejasiga aralashuviga faqat logistika xalal bermoqda. Ozarbayjon va Turkiyaning umumiy quruqlik chegarasi juda kichik. Turkiyaning Igdir viloyatida joylashgan ushbu chegara Naxichevan avtonom respublikasi hududida joylashgan bo‘lib u katta Ozarbayjondan ancha uzoqda ham. Quroll kuchlar va qurol-aslahalarni samolyotda olib kelish ancha qimmatga tushadi. Undan tashqari parvozlar uchun Armaniston, Gruziya va Eronda ruxsatnoma olish kerak. Har qanday geosiyosiy vaziyatda ham Turkiya Rossiyaning Kavkaz va Yaqin Sharqdagi mustahkam pozitsiyasini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi.