Yevropa ittifoqi Rossiya vaksinasi uchun Isroil va Vengriyaga qanday tazyiq o‘tkazmoqda

Isroil Rossiya bilan COVID-19’ga qarshi vaksina sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Vladimir Putin va Binyamin Netanyaxuning telefon muloqotidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

Isroil davlatining Rossiya ixtirosiga qiziqishi haqidagi yangilik juda katta shov-shuvga aylanmadi. Bu bir necha hafta oldin, Quddus “Xadassa” tibbiyot markazi “Sputnik V”ning bir yarim million dozaga buyurtma bergani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Rossiya vaksinasi: Osiyo olishga tayyor, Yevropa esa mutlaq qarshi - sabab ?

Isroil faqat Rossiya preparatini sotib olishni ko‘rib chiqmayapti. Aksincha, Netanyaxu Putin bilan suhbatdan keyin aytganidek, maqsad "iloji boricha ko‘proq mamlakat fuqarolari uchun ko‘proq manbalardan vaksinalarni sotib olish".

Bosh vazirning so‘zlari amaldagi ish bilan farq qilmayapti. Bir necha oy avval Isroil Amerikaning Moderna kompaniyasi bilan vaksinani sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolagandi, u yaqinda o‘zining preparatini III bosqich oraliq sinov ta’sirchan natijalari - 94,5 foiz samaradorligi to‘g‘risida xabar berdi. O‘tgan hafta Tel-Aviv va Pfizer o‘rtasidagi analogik shartnomalar haqida e’lon qilindi.

Umuman olganda, Isroil kasallik tarqalish xavfi va sog‘liqni saqlash tizimidagi ulkan yuk va milliy iqtisodiyotga yetkazilgan zarba nuqtayi nazaridan to‘la asoslanib, chuqur pragmatik pozitsiyani egalladi. U tuxumni bir nechta savatga joylashtirdi, o‘z tanlovida ilmiy fikrlarga tayanib, g‘oyaviy-siyosiy fikrlarni e’tiborga olmadi.

Biroq, hozirgi paytda, g‘arb dunyosi uchun bunday yondashuv noyob va noodatiy deb hisoblanish mumkin.

Yevropa Ittifoqi o‘z a’zolarini sinchiklab chiziqqa saflaydi va tekislaydi, "partiya chizig‘i"dan chetga chiqqanlarga jazo bilan tahdid qiladi. Bu safar bundaylardan Vengriya bo‘ldi.

YeIning koronavirusga qarshi vaksinatsiya strategiyasi uning hududida ishlab chiqarilgan preparatlardan foydalanishni nazarda tutadi. Aytgancha, bu aynan "vaksina millatchiligi", unda bir necha oy oldin Rossiya ayblangandi. Ayni paytda Yevroittifoqi 3ta farmatsevtika kompaniya - AstraZeneca, Sanofi-GSK va Johnson & Johnson bilan shartnomalar imzoladi.

O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining 3-faza sinovlari o‘tkaziladi - bu qanday kechadi?

Bu masalada Moskva bilan hamkorlikni boshlagan Budapesht, qoidabuzarlarga ma’muriy choralar ko‘rishga va’da bergan Brusselning ko‘rsatmalariga zid ish qilmoqda. Biroq, vengerlar bunday tahdidlarga o‘rganib qolishgan - ularni e’tiborsiz qoldirish mahoratiga ega. Ushbu hafta “Sputnik V”ning birinchi namunalari sinov uchun Vengriyaga yetkazib beriladi va u yerda hatto Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish uchun maydon hozirlanmoqda.

Vengriya hukumatining motivatsiyasini tushunish oson.

Koronavirusning birinchi - bahorgi to‘lqini Yevropa Ittifoqida har bir davlatning o‘zi mustaqil epidemiyaga qarshi kurashish majbur ekanligini ko‘rsatdi, ayniqsa odamlarning sog‘lig‘i va milliy sog‘liqni saqlash tizimlariga kelganda. Kasallikka chalinganlar va qurbonlar bo‘yicha kunlik antirekordlari optimizmga sabab bo‘lmayapti.

Bunday vaziyatda, aslida javobgarlikni o‘zidan soqit qilgan - Yevropa Ittifoqi COVID-19 bilan qanday va nima bilan kurash kerakligi to‘g‘risidagi qoidalariga rioya qilishni talab qilmoqda. Brussel uchun juda qulay pozitsiya.

Eng yomoni: Rossiya vaksinasi tayyorligi jihatidan nafaqat Yevropadan oldinda, balki bu uning ommaviy qo‘llanilishini avvalroq boshlashga imkon beradi. Preparatlar bo‘yicha ham savollar mavjud.

Vaksina koronavirusni to‘xtata olmaydi - BSST

“Oksford” vaksinasi (AstraZeneca) sinov paytida ko‘plab nohush hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, uning xavfsizligi borasida ko‘plab shubhalarni paydo qildi. Shu o‘rinda Yevropa Ittifoqi uni nisbatan arzon narxda sotib olmoqda (dozasi uchun 2,5 yevro), kompaniya esa tuzilgan shartnomaga asosan inson salomatligiga zarar yetkazilgan taqdirda, javobgarlikdan immunitet oldi. O‘z navbatida, Fransiyaning Sanofi preparati bo‘yia ko‘ngilni xira qiladigan hech qanday yangiliklar bo‘lmagan, ammo uning narxi to‘rt baravar qimmat.

Savol bermaslikning iloji yo‘q: aslida bu vaksinalar Yevropa Ittifoqi ichida qanday taqsimlanadi? Sharqiy Yevropa a’zolari birinchi navbatda AstraZeneca preparati bilan ta’minlanishiga shubha qilishdan xalos bo‘lish qiyin. Agar to‘satdan, uni qo‘llash paytida, inson salomatligi uchun jiddiy oqibatlar paydo bo‘lsa, milliy hukumatlar yana muammolarni tozalashga majbur bo‘ladi.

Bunday vaziyatda Vengriya hukumatining harakatlari sog‘lom fikrning namunasi va yondashuvning milliy manfaatlariga qaratilgan kabi ko‘rinadi: yaxshisi ixtiyoringizda "g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri" emas, balki xavfsizligiga shaxsan o‘zingiz ishonch xosil qilgan samarali vaksina bor.

Shveysariya Credit Suisse tahlilchilari "Sputnik V" vaksinasini baholashdi

Aytgancha, “Xadassa” tibbiyot markazining bosh direktori, professor Zeyev Rotshteyn Rossiya vaksinasini sotib olish masalasi bo‘yicha aynan shu narsani aytdi: "Men siyosiy yoki tijorat kelishmovchiliklariga quloq solmaslik bo‘yicha qaror qabul qilganim uchun juda xotirjamman. Biz betarafmiz. Bizda siyosiy tarafkashlik yo‘q. Biz vaksinaga – bemorlarimizga birinchi navbatda kerak bo‘lgan muhim element sifatida qaraymiz".

Ko‘rinib turibdiki, bunday yondashuv zamonaviy G‘arb uchun qabul qilinishi mumkin emas, shuning uchun ko‘plab o‘z fikridan qaytish holatlarini (renegat) keltirib chiqarmoqda. Ular mafkurani o‘z millatining sog‘lig‘idan ham ustun qo‘ymoqda.

Ammo, Eski Yevropa o‘zini xafa qilib qo‘yishiga va o‘z aholisi uchun uchta tuzilgan shartnomadan eng yaxshi vaksinani sotib olishiga shubha yo‘q.

Agar mintaqadagi ko‘pchilik davlatlar avvalgidek yuqoridan berilgan buyruqlarni so‘zsiz bajarishga tayyor bo‘lsa, demak, bu ularning tanlovi va oqibatlari uchun javobgarligini anglatadi. Garchi qanchalik uzoq bo‘lsa, shunchalik ko‘p ular sivilizatsiyalashgan orzuga daxldorlik tuyg‘usi uchun suverenitetdan voz kechish nimaga olib kelish borasida, dunyoga aniq namuna bo‘ladi.