Qirg‘iziston Xitoydan yana bir bor tashqi qarz yukini yengillatishni so‘radi

Qirg‘iziston TIV rahbari Kazakbayev hukumat mamlakatda faoliyat yuritayotgan XXR kompaniyalari, korxonalari va fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ta’minlaydi, deya alohida ta’kidlagan
Sputnik

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev xitoylik hamkasbidan Qirg‘iziston budjetiga tashqi qarz yukini yengillatish masalasida yordam berishni so‘radi, deb xabar bermoqda QR tashqi siyosiy mahkamasi matbuot-xizmati.

AQSh uyg‘urlar siyosati bilan bog‘liq Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritadi

Xabarga ko‘ra, 16-noyabr kuni Kazakbayev va Xitoy TIV rahbari, Davlat kengashi a’zosi Van I bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Bu oktabr voqealaridan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi birinchi oliy darajadagi muloqotdir.

TIV rahbari Qirg‘iziston tomonining XXR bilan do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishda, shuningdek, xalqaro majburiyatlarda o‘z siyosatini izchil davom ettirajagini tasdiqlagan.

"Koronavirus infeksiyasining makroiqtisodiy vaziyatga salbiy ta’sirini hisobga olgan holda, Qirg‘iziston TIV rahbari davlat budjetiga tashqi qarzdorlik yukini yengillatishda yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratdi", - deyiladi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Uyg‘urlar uchun konslagerlar: Xitoy yolg‘onimi yoki g‘arb propagandasi

Kazakbayev, hukumat mamlakatda faoliyat yuritayotgan xitoy kompaniyalari, korxonalari va fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ta’minlaydi, deya alohida ta’kidlagan. Ushbu maqsadlarda TIVda yaqin istiqbolda Qirg‘izistondagi yetakchi xitoy kompaniyalari va korxonalari vakillari bilan doira suhbatini tashkil qilib, ushbu masalalarni batafsil muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Xitoy TIV rahbari Van I, shuningdek, XXR Qirg‘iziston Respublikasidan ekologik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, XXR Shinjon-uyg‘ur avtonom respublikasiga qirg‘iz ko‘miri eksporti hajmi ko‘paytirilishidan manfaatdorligini qayd etgan.

Van I Xitoy tomoni xalqaro kun tartibi bo‘yicha ham Qirg‘iziston bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

Qirg‘iziston va XXR o‘rtasida yuk tashish hajmini ko‘paytirish maqsadida vazirlar qirg‘iz-xitoy davlat chegarasidagi "Torugart" va "Irkishtom" nazorat-o‘tkazish punktlari to‘liq hajmda faoliyat yuritishi masalalarini muhokama qilganlar.

Oxirgi 12-yilda Qirg‘izistonning XXR oldidagi davlat qarzi 200 barobar o‘sdi - va 1 milliard 775 million 130 ming dollarga yetdi. Hukumat hozirda qator davlatlar, xususan, Xitoy bilan ham qarzni qaytarish muddatini kechiktirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.