TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiyalik siyosatchi, LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy "Komsomolskaya pravda" radiosi efirida Tog‘li Qorabog‘dagi voqealarga sharh berdi.
Jirinovskiyning aytishicha, Rossiya armiyasi va quroli Armanistonga Suriyadan olib kelingan jangarilarga qarshi kurashda ko‘pam yordam berolmaydi.
Terroristik xavf tarqalishi yuz bergan holatda, Armanistonning Rossiyaga qo‘shilishdan boshqa chorasi qolmaydi, degan Jirinovskiy.
Siyosatchi Tog‘li Qorabog‘ni Rossiya tarkibiga qaytarishni taklif qilgan.
"Biz deyarli sobiq SSSRga ega bo‘lamiz, faqat qisqaroq variantda - Moldovaning bir qismi, Gruziyaning bir qismi, Ozarbayjonning bir qismi va butun boshli Armaniston. Sizga ishontirib aytamanki, Tojikiston ustida yaxshigina ishlanganda, Rahmon esa - dono arbob, u ham yangi Rossiya tarkibiga to‘laligicha qo‘shilishga rozi bo‘ladi. Men buni Ulkan Rossiya deb atagan bo‘lardim", - degan Jirinovskiy.
Siyosatchi fikricha Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston Afg‘onistondan keladigan jinoiy uyushmalar hujumiga qarshi tura olmaydi va ular Rossiyaning yordamiga muhtoj.
Sobiq SSSRning qator mamlakatlari bilan birlashish yangi davlatni tuzishga hamda xavfsizlik va iqtisodiyotdagi qator masalalarni hal etishga yordam beradi, deya xotima qildi Jirinovskiy.