Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati uchun jarima tayinlamaslik evaziga 400 dollar va 500 ming so‘m pora olayotganda ushlandi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora olayotganida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yo‘ldoshev: 2-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

Ma’lum qilinishicha, 7-noyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Q.R. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda Buxoro shahridagi “Jamila Jahoni Lazzat Omad” MChJ rahbari Q.M.dan karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati uchun jarima tayinlamaslik evaziga pul talab qilgani aniqlangan.

So‘ngra u tamagirlik yo‘li bilan kimoviy ishlov berilgan 400 dollar va 500 ming so‘m naqd pullarni o‘zining xizmat xonasida pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.