Putin yangi “Viktor Chernomirdin” muzorarini ko‘zdan kechirdi

Rossiya prezidenti yangi muzorarda Rossiya bayrog‘i ko‘tarilishi marosimida ishtirok etdi. “Viktor Chernomirdin” dunyodagi eng katta va qudratli atomsiz muzorar deb tan olingan.
Sputnik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda yangi muzorarda Rossiya bayrog‘i ko‘tarilishi marosimida ishtirok etdi. Kema “Viktor Chernomirdin” deb nomlangan va dunyodagi eng katta va qudratli atomsiz muzorar deb tan olingan.

Rossiyada dunyodagi eng qudratli muzorar qurilishi boshlandi

Kema “Rosmorport” burtmasiga asosan Baltiyskiy zavodida qurilgan. Uning suv sig‘imi 22,3 ming tonnani tashkil etadi. U toza suvda 17 uzelga yaqin (kemaning tezlik o‘lchovi) tezligini oshirishga va uch metr qalinlikdagi muzlardan o‘tishga qodir.

Muzorar kemalarni muzliklardan olib o‘tish va shatakka olib tortishga mo‘ljallangan. Ilmiy ekspeditsiyalarni Arktika va Antarktikada olib o‘tishi va  jizohlashi mumkin.