TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqalash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shodmonov ushbu lavozimga Hukumatning tegishli qarori tayinlandi. Akademiyaning avvalgi rektori boshqa vazifaga o‘tayotganligi sababli o‘z vazifasidan ozod etildi.
Alisher Shodmonovga Toshkent tibbiyot akademiyasini mamlakatda tibbiyot xodimlarini tayyorlovchi, kelajakda sohada rejalashtirilgan islohotlarga lokomotiv vazifasini bajaradigan o‘quv yurtiga aylantirish, akademiya misolida milliy tibbiy ta’limni xalqaro miqyosga ko‘tarish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduhakim Xadjibayev yangi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani xabar qilingan edi.