Markaziy Osiyo qator davlatlarida beqarorlik kuchaymoqda - Rossiya TIV

Markaziy Osiyoning qator davlatlarida beqarorlik kuchaymoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Markaziy Osiyoning qator davlatlarida beqarorlik kuchaymoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Xalqaro ishlar bo‘yicha Federatsiya Kengashi qo‘mitasi onlayn yig‘ilishida aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Markaziy Osiyo hayotsiz cho‘lga aylanishi mumkin - tadqiqot

"Biz Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlarida beqarorlik alomatlari kuchayganini ko‘rapmiz, gap nima haqida ketayotganini eslatib o‘tirmayman, ammo shuningdek Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi vaziyat unchalik optimizm bilan qarashga imkon bermayapti", - dedi Rudenko.

Shu munosabat bilan u Rossiya va Turkmaniston o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning muhimligiga ishora qildi, uning loyihasi parlamentning yuqori palatasi qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.