Rossiyada migrantlar sharoitini qanday yengillashtirish mumkin – ekspert fikri

Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari bo‘yicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy chet ellik ishchilar uchun qulay sharoit yaratish uchun nima qilish kerakligi xususida fikr bildirdi.
Sputnik

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya boshida Rossiyada 2,3 million nafarga yaqin mehnat migrantlari ishlagan, lekin hozir ularning ko‘pi ishsiz qolgan yoki yaxshi sharoit qidirishmoqda.

Ishsiz rossiyaliklar migrantlarni mehnat bozoridan siqib chiqara oladimi?

Moskovskiyning ma’lum qilishicha, kiritilgan cheklovlar olib tashlangandan so‘ng Rossiyaga ishga keladigan migrantlarning ishga joylashish uchun baza yaratish bugungi kunda o‘ta dolzarb va zarur.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, undan keyin avvalo Rossiyaning migratsiya sohasidagi qonunchiligiga e’tibor qaratish lozim.

“Gap birinchi navbatda har qanday ikkita ma’muriy qoidabuzarlik uchun chet ellik fuqaroni chiqarib yuborishni bekor qilish haqida bormoqda. Haddan ziyod taqiqlovchi choralar nafaqat mehnat bozori va mehnat migrantlariga, balki Rossiya iqtisodiyotiga ham juda katta zarar yetkazadi”, - deb hisoblaydi Moskovskiy.

Ekspert Rossiya fuqaroligiga qabul qilishning osonlashtirilishi ham odamlarning ishga joylashishini osonlashtirishini qo‘shimcha qildi.

Rossiyada migrantlar sharoitini qanday yengillashtirish mumkin – ekspert fikri