Charlie Hebdo Erdog‘anga chizilgan hajviy suratni e’lon qildi: Turkiya reaksiyasi

Charlie Hebdo o‘z jurnalining muqovasida Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘anga chizilgan hajviy suratni chop etdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Parij va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi fonida Charlie Hebdo o‘z jurnalining muqovasida Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘anga chizilgan hajviy suratni chop etdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Eron gazetalaridan biri Makronni iblis qiyofasida tasvirladi

Suratda Turkiya yetakchisi yarim yalang‘och ko‘rinishda tasvirlangan, u kresloda o‘tirgani, o‘ng qo‘lida ichimlik ushlagani, boshqa qo‘li bilan oqsoch ayolning kiyimining etagini ko‘targani aks etgan. Karikaturaga "Erdog‘an shaxsiy hayotida juda o‘ynoqi" degan izoh yozilgan.

"Anqara Fransiyaning Charlie Hebdo jurnalida Turkiya yetakchisi Tayyib Erdog‘anning karikaturalarini nashr etilishini qoralaydi va ularni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Musulmonlarga qarshi dastur"ning mahsuli deb biladi," - dedi Turkiya prezidenti administratsiyasi aloqa departamenti rahbari Fahrettin Altun.

"Fransiya prezidenti Makronning musulmonlarga qarshi dasturi o‘z samarasini bermoqda! Charlie Hebdo ehtimol bizning prezidentimiz deb aytilayotgan, haqoratli suratlarni nashr etdi. Biz bu nashrning madaniy irqchilik va nafrat tarqatishga qaratilgan jirkanch urinishini qoralaymiz", - deb yozdi Altun Twitterda.

Qodirov Makronni “e’tiqodga malomat yog‘dirishni bas qilishga” chaqirdi

Uning ta’kidlashicha, "irqchilik, ksenofobiya, islomofobiya va antisemitizm ig‘volar Turkiyani javob harakatlarini amalga oshirishga qo‘zg‘ata olmaydi".

"Bizning madaniyatimizga nisbatan bunday mas’uliyatsiz va bema’ni hujumlar faqat irqchilik va kamsitishlarni keltirib chiqaradi. Biz barcha aql-idrokli yevropalik do‘stlarni bu kabi ibtidoiy madaniy irqchilik, intellektual bepushtlik va madaniyatsiz munozaraga qarshi zarba berishga chaqiramiz", - deb qo‘shimcha qildi Altun.